Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hamrohi tahorat olayotganda suv quyib turmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

36-bob. Hamrohi tahorat olayotganda suv quyib turmoq
Usoma ibn Zayddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Arafot tog'idan oshib, Sha'b 
degan joyga kelganlarida, qazoi hojat qildilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamga suv quyib berib turdim, u kishi tahorat oldilar. So'ng: «Yo Rasulalloh, namoz 
o'qiysizmi?»—dedim. «Namoz oldingdadir (hali vaqt bor)»,— dedilar».
Urva ibn al-Mug'ira ibn Shu'badan: «Mug'ira ibn Shu'ba Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallam bilan birga safarda bo'lar edi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qazoi 
hojat qilganlaridan keyin suv quyib berib turdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
tahorat oldilar, yuzlarini, qo'llarini yuvdilar, boshlariga va mahsilariga mash tortdilar».
37-bob. Tahoratsiz Qur'on o'qimoq va undan boshqa narsalarning joizligi
Ibrohim an-Naqashdan: «Hammomda qiroat qilmoqning va tahoratsiz xat yozmoqning 
zarari yo'qdir. Hammomdagilarning lungisi bor bo'lsa, salom bergin, lungisi yo'q bo'lsa, 
salom bermagin!»
Abdulloh ibn Abbosdan: «Bir kecha Janob Rasulullohning xotinlari xolam Maymunanikida 
yotib qoldim. Men yostiqning yon tomoniga, Rasululloh va xotinlari uzun tomoniga bosh 
qo'yib yotdilar. Rasululloh yarim kechagacha uxladilar, keyin uyg'onib o'tirdilar. Uyquni 
qochirmok uchun yuzlarini ishqaladilar. Keyin, ON Imron surasining oxirgi o'n oyatini 
o'qidilar. Keyin, o'rinlaridan turib, osig'liq meshchani olib, tahorat oldilar. Tahoratni 
yaxshilab oldilar. Keyin, turib namoz o'qidilar. Men ham o'rnimdan turib, Rasululloh 
sollallohu alayhi va sallam qilganlarini qildim va chap yonlariga borib namozga turdim. 
O'ng qo'llarini boshimga qo'ydilar, keyin o'ng qulog'imni cho'zdilar (o'ng tomonga turg'il, 
degan ma'noda). So'ng 2 rak'at, so'ng 2 rak'at, so'ng 2 rak'at, so'ng 2 rak'at, 2 rak'at, 
so'ng 2 rak'at namoz, keyin vitr o'qidilar, keyin to muazzin kelguncha yonboshladilar, 
keyin turib yengilgina 2 ra'at namoz o'qidilar. Keyin chiqib, bomdod namozini o'qidilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling