Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tog'oradan tahorat olmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

48-bob. Tog'oradan tahorat olmoq
Amr ibn Yahyo bunday rivoyat qiladilar: «Amakim ko'p tahorat olar edilar. Bir kuni 
Abdulloh ibn Zayddan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tahorat 
olayotganlarini ko'rganmisiz?» — deb so'radilar. Abdulloh ibn Zayd suv keltirmoqlarini 
buyurdilar. Tog'orada suv keltirishdi. Keyin ikki qo'llariga suv quyib, 3 marta yuvdilar, 3


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
marta bir hovuchdan suv olib, og'iz va burunlarini chayqadilar, 3 marta yuzlarini 
yuvdilar, 2 marta qo'llarini tirsaklari bilan qo'shib yuvdilar, keyin suv olib, boshga mash 
tortdilar, oyoqlarini yuvdilar. So'ng: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday 
tahorat qilganlarini ko'rganman»,— dedilar».
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam suv keltirmoqni 
buyurdilar. Idishda ozroq suv keltirildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam idishning 
og'ziga panjalarini qo'ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning panjalari orasidan 
sizib tushayotgan suvga taxminan 70 yoki 80 nafar odam tahorat oldi».
49-bob. Bir mud (taxminan bir litr) suv bilam tahorat olmoq
Ibn Jabrga Anas bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g'uslga 
bir so'dan (taxminan 4 litrdan) 5 mudgacha (taxminan 5 litrgacha) suv ishlatar edilar, 1 
mud suv bilan tahorat olar edilar».
50-bob. Mahsiga mash tortmoq
Sa'd ibn Abu Vaqqos: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mahsilariga mash 
tortadilar»,— dedi. Abdulloh ibn Umar otasidan: «Shu to'g'rimi?»—deb so'radi. «Ha, 
to'g'ri, agar Sa'd senga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xususlarida biror narga 
so'zlasa, bu to'g'rida boshqalardan so'ramagin!»
Urva ibn al-Mug'ira rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (qazoi 
hojatga) tashqariga chiqdilar. Otam Mug'ira ibn Shuba obdastada suv olib, u kishiga 
ergashdilar, Janob Rasululloh hojatlaridan bo'shagach, suv quyib berdilar. Rasululloh 
tahorat olib, mahsilariga mash tordilar».
Ja'far ibn Amr: «Otam Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mahsiga mash 
tortganlarini ko'rganlar»,— deb rivoyat qiladilar.
Ja'far ibn Amr yana bunday deganlar: «Otam Janob Rasululloh sollallohu alayhi va 
sallamning sallalariga va mahsilariga mash tortganlarini ko'rgan ekanlar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling