Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
tark etgin, hayz tugashi bilan g'usl qilib, keyin namoz o'qigin!»—dedilar». (To
hayz vaqti
kelguncha har bir namoz uchun alohida tahorat olmoq lozim)».
68-bob. Maniyni yuvmoq va ishqalab tashlamoq, jinsiy aloqa vaqtida xotin
kishidan chiqadirgan namni yuvmoq
Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga
jinsiy aloqa vaqtida tegib qolgan namni yuvar edim, kiyimlari namligicha (boshqa
kiyimning yo'qligidan) namozga chiqib ketar edilar».
Sulaymon ibn Yasordan: «Oisha onamizdan kiyimga
tegib qolgan maniy hukmi
to'g'risida so'radim. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga tekkan namni
yuvar edim, u kishi kiyimlarining namligicha namozga chiqar edilar»,— dedilar».
69-bob. Jinsiy aloqadan tekkan namni va boshqa narsalarni yuvsa-yu, dog'i
ketmasa (bo'laveradi)
Amr ibn Maymuna bunday dedilar: «Men Sulaymon ibn Yasordan: «Jinsiy aloqada
maniy
tekkan joyni nima qilish kerak? » — deb so'radim. «Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh
sollallohu alayhi va sallamning kiyimlariga tekkan namni yuvar edim, kiyimlari qurib
ulgurmay
namozga chiqar edilar,— deganlar»,— deb aytdilar».
Sulaymon ibn Yasor: «Oisha raziyallohu anho Janob Rasululloh sollallohu alayhi va
sallamning kiyimlaridagi maniyni yuvar edi. Men u kishining kiyimlaridagi dog'larni
ko'rganman»,— dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: