Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Tuya, yilqi va qo'y siydiklarining hamda ular saqlanadigan joylarning
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
70-bob. Tuya, yilqi va qo'y siydiklarining hamda ular saqlanadigan joylarning
(qo'ra, molxonaning) hukmi Abu Muso Dorulbaridda (karvonsaroyda), shundaygina yonlarida sayhon yer bo'la turib, tezaklar ustida namoz o'qidilar. Keyin: «U yer ham, bu yer ham bari bir»,— dedilar. Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ukul yoki Arina degan joydan (Madinaga) odamlar kelishdi. Madinada ular qorin og'riq kasaliga mubtalo bo'ldilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga shahar tashqarisida o'tlab yurgan sog'in tuyalar sutidan va siydigidan ichmoqni buyurdilar. Ular shunday qilishdi. Sog'ayganlaridan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tuyaboqarlarini o'ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Erta tongda bu to'g'rida xabar qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularning izidan askar yubordilar, kun yoyilgan vaqtda ularni asir qilib olib kelishdi. Qo'l va oyoqlarini kesib, ko'zlariga mil tortib, toshloq joyga tashlab qo'ydilar. «Suv-suv» deyishardi, lekin suv berishmas edi. Abu Qiloba bunday dedilar: «Ular o'g'rilik qildilar, odam o'ldirdilar va iymon keltirganlaridan keyin yana qayta kofir bo'ldilar, dindan chiqdilar, Alloh va uning Rasuliga dushmanlik qildilar». Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjid qurilishidan avval qo'yxonalarda namoz o'qir edilar». Zuhriy bu xususda bunday deganlar: «Suvning ta'mi, hidi yoki rangi o'zgarmasa, ishlatsa bo'ladi». Hammod: «O'limtikning pati suvga tushsa, zarari yo'qdir»,— deganlar. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Fil va boshqa go'shti yeyilmaydigan hayvonlar suyagi to'g'risida Zuhriy bunday deganlar: «O'tmish olimlarining ko'pini ko'rdim, o'lgan hayvonlarning suyagidan yasalgan taroq bilan sochlarini tarashar edi, xushbo'ylik solinadigan idishlari ham o'sha suyaklardan tayyorlangan edi. Ular buning zarari yo'q, deb bilishar edilar». Ibn Sirin va Ibrohim: «Fil suyagi bilan savdo-sotiq qilmoqning zarari yo'q»,— der edilar. Maymuna raziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyuq yog'g'a tushib, o'lib qolgan sichqon hukmi to'g'risida so'radilar. Shunda Rasululloh: «Sichqonni va uning atrofidagi yog'ni olib tashlab, qolganini yeyaveringiz»,— deb javob qildilar». Maymuna onamiz yana bunday deganlar: «Shu hadisning o'zini Muin sal boshqacharoq qilib aytib berdi, keyin men eslab qololmaydigan darajada yana juda ko'p hadis rivoyat qildi». Abu Hurayra raziyallohu anhu quyidagi hadisni keltiradilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Musulmon odam Alloh yo'lida qancha so'z aytgan bo'lsa, qiyomat kuni o'shancha jarohati bor shahid qiyofasida namoyon bo'ladi, badanining rangi tig' urilganda oqib turgan qon rangida, hidi mushk hidi kabi bo'ladi»,— deganlar. (Bu o'rinda ushbu hadis keltirilishining boisi quyidagicha: mushk aslida hayvonlar bezidan olinadi va haromdir, lekin ishlov berilgach, xushbo'y moddaga aylanib, haromlik hukmidan chiqadi. Shuningdek shahidlar qoni ham Alloh yo'lida to'kilgani uchun haromlik hukmidan chiqib, poklik - halollik hukmiga o'tadi). Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling