Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Haddan ziyod yomg‘ir yoqqanda «atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

46-bob. Haddan ziyod yomg‘ir yoqqanda «atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga 
yog‘dirmagil!» - deb iltijo qilmoq 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum’ada 
xutba aytib turganlarida odamlar ul kishiga baland ovoz birlan: «Yomg‘ir yog‘may qo‘ydi, 
dov-daraxtlar quridi, Ollohdan so‘rab beringiz, bizga yomg‘ir yuborsin!» - deyishdi. 
Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ilohi, bizga yomgir berg‘il!» - deb ikki 
marta duo qildilar. Ollohga qasamyod etib ayturmenkim, havo ochiq erdi, hatto 
osmonda biror parcha bulut ham ko‘rinmas erdi. Birdan qaerdandir bulut paydo bo‘lib, 
yomg‘ir yog‘di. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbardan tushib, jum’a namozini 
o‘qidilar. Namoz o‘qib bo‘lganlarida ham yog‘ayotgan yomg‘ir kelasi jum’agacha tinmadi. 
Kelasi jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib xutba 
aytayotganlarida odamlar qichqirib: «Yo Rasululloh, uylar buzilib ketdi, ko‘chalar huvillab 
qoldi, Ollohdan so‘rangiz, yomg‘irni to‘xtatsin!» - deyishdi. Shunda Rasululloh tabassum 
qilib: «Ilohi, atrofimizga yog‘dirg‘il, ustimizga yog‘dirmag‘il!» - deb duo qildilar. 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
Madinada havo ochilib, yomg‘ir shahar atrofiga yog‘a boshladi. Madina ustiga bir tomchi 
ham yog‘madi. Madinaga qarasam, toj singari tovlanib turardi». 
47-bob. Tik turgan holda yomg‘ir so‘rab duo aytmoq 
Abu Ishoq raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Abdulloh ibn Yazid va ul kishi birlan birga 
Barro ibn Ozib hamda Zayd ibn Arqam (Olloh taolo ulardan rozi bo‘lsin) Ollohdan yomg‘ir 
so‘rab sahroga chiqdilar. Abdulloh ibn Yazid va ul birlan birga chiqqan odamlar oyoq 
yalang tik turishdi. Abdulloh ibn Yazid Olloh taologa istig‘for aytib yomg‘ir so‘radi 
(minbarga chiqmadi, chunkim minbar yo‘q erdi). So‘ng, azon ham, takbir ham aytmay, 
eshittirib qiroat qilib, ikki rak’at namoz o‘qidi. Abdulloh ibn Yazid Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamni ko‘rgan sahobalardan erdi». 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari bo‘lmish Ibod ibn Tamimning 
amakilari bunday deb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Olloh 
taolodan odamlarga yomg‘ir so‘rab bermoq uchun ular birlan namozgohga chiqdilar. 
Shunda minbarga chiqmay, tik turgan holda Ollo.h taolodan yomg‘ir so‘rab duo qildilar. 
So‘ng, qibla tomon yuzlanib, ridolarini yaxshilab o‘rab oldilar-da, namoz o‘qidilar, keyin 
yomg‘ir yog‘di». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling