Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
32-bob. Mayyitga (aza tutib) dod solib yig‘lashning makruhligi 
Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Qo‘yaverg‘il ularni, Abu Sulaymonga aza tutib 
yig‘lashaversin, boshlariga tufroq sochib va dod solib yiglashmasa, bo‘lgani!» — dedilar. 
Imom Buxoriy: «Naq’ — boshga tufroq sochmoq, laqlaqa — dod-voy solmoq 
deganidir»,— deydilar. 
Mug‘iyra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday 
deganlarini eshitganman»,— deydilar: «Albatta, mening nomimdan yolg‘on so‘z aytmoq, 
boshqa biror kishining nomidan yolg‘on so‘z aytmoq kabi ermasdir. Kimki mening 
nomimdan qasddan yolg‘on so‘z to‘qig‘aydir, do‘zaxdan o‘ziga joy shaylayversin! Qaysi 
mayyitga kim aza tutib, dod solib yig‘lag‘aydir, o‘shal mayyit dod solib yiglangani tufayli 
azobga qolg‘usidir». 
Ibn Umar raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam; «O’lik, unga aza tutguvchilarning dod solib yig‘lagani sababli, qabrida 
azoblang‘aydir»,— deganlar». 
Shu’ba raziyallohu anhu: «O’lik, unga aza tutguvchi tirikning yig‘isi sababli, 
azoblang‘aydir»,— deganlar. 
33-bob. 
Ibn ul-Munkadirga Jobir ibn Abdulloh bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Uhud jangi 
kuni otamning o‘ligini kiyimlariga o‘ralgan holda Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning oldilariga keltirib qo‘yishdi-da, ul kishining quloq va burunlari kesib 
tashlanganini aytishdi. Men borib yuzlarini ochmoqchi erdim, qarindoshlarim 
qo‘yishmadi, so‘ng yana borib ochmoqchi bo‘lganimda, qarindoshlarim yana 
qo‘yishmadi, so‘ng yana ochmoqchi bo‘lib bordim, qarindoshlarim bu gal ham ruxsat 
berishmadi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari «Ochingiz!» deb 
buyurdilar, yuzlarini ochishdi. Shunda bir xotinning dodlagan ovozi eshitildi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Kimdir ul?» — dedilar. «Amrning qizi yokim Amrning 
singlisi»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yig‘lamasin!» — dedilar. 
Keyin, tobutni ko‘tarishguncha farishtalar qanotlari birlan otamning tepalarida soya solib 
turishdi». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling