Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
www.ziyouz.com kutubxonasi
315 kishi menga: «Ezgu niyatda qilgan hajing va maqbul umrang muborak bo‘lsin!» - dedi. Men tushimni Ibn Abbosta aytib berdim. Ul kishi: «Bu, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlarini ado etganing uchundir»,-dedilar. Keyin, bunday dedilar: «Mening huzurimda bo‘lgil, men senga o‘z molimdan ulush ajratib berayin!» Shu’ba mendan: «Nega bunday qildilar?» - deb so‘radi. Men: «Ko‘rgan tushim evaziga»,- deb aytdim». Abu Shihob rivoyat qiladirlar: «Umra qilib bo‘lgach, Makkaga keldim. Tarviya kunidan uch kun burun Makkaga kirib keldik. Shunda, ayrim makkaliklar menga: «Qilgan hajingning savobi makkaliklar qilgan hajchalik savobga egadir»,-deyishdi. Men Ato raziyallohu anhuning huzurlariga fatvo so‘rab kirdim. Ato bunday dedilar: «Menga Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan bir kun davomida birga qo‘y yetaklab haj qilishganini aytib bergan erdilar. «O’shanda,- degandi menga Jobir,- har kim o‘zicha hajga talbiya aytdi. Janob Rasululloh sahobalarga: «Ka’bani tavof aylab va Safo va Marva oralig‘ida sa’y etib bo‘lgach, ehromni yechib, sochlaringizni kalta qilingiz, tarviya kunigacha ehrom bog‘lamangiz, keyin hajga talbiya aytib, ilgari qilganlaringizning hammasini qayta ado etingiz!» - dedilar. Sahobalar: «Nechuk qaytadan ado etg‘aymiz, axir biz haj qilurmiz, deb qo‘yganmiz-ku?!» - deyishdi. Shunda, Janob Rasululloh: «Aytganimni qilingiz! Agar qurbonlik yetaklab kelmaganimda, o‘zim ham shundoq qilgan bo‘lur erdim, biroq atalgan qurbonlikni so‘ymay ehromimni yechmasman»,- dedilar. Shundan so‘ng, sahobalar Janob Rasulullohning amrlariga bo‘yinsunib, aytganlarini qildilar». Sa’id ibn Musayyab rivoyat qiladirlar: «Ali va Usmon raziyallrhu anhumo Usfon degan yerda ekashgaklarida mut’a to‘g‘risida tortishib qoldilar. Hazrat Ali: «Bir"yo‘la havd. haj, ham umra qilmoqni man’ etishing birlan, sen Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sunnatlariga qarshi chiqqan bo‘lursen»,- dedilar-da, uning so‘ziga e’tibor bermay, bir vaqtning o‘zida haj birlan umraga talbiya aytdilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling