Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Dovud alayhissalom qanday ro‘za tutganlar?


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet477/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   473   474   475   476   477   478   479   480   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

57-bob. Dovud alayhissalom qanday ro‘za tutganlar? 
Abdullohibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu: «Menga Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 
«Sen uzluksiz ro‘za tutib, kechaning hammasida ibodat qilar emishsen»,-dedilar. Men: 
«Ha, shundoq»,- dedim. Ul kishi: «Agar shundoq qilaversang, ko‘zingning «ko‘rish 
qobiliyati zaiflashg‘aydir va butun a’zolaring toliqg‘aydir. Umr bo‘yi tutgan ro‘zang 
savobsiz qolib, zoe ketg‘aydir. Har oyda uch kun ro‘za tutgan kishiga ersa, umr bo‘yi 
ro‘za tutganning savobi berilg‘aydir»,- dedilar. Men: «Yo Rasululloh, bundan ham 
ko‘proq tutmoqqa kuchim yetg‘aydir»,- dedim. Shunda ul zot: «Bo‘lmasa, Dovud 
alayhissalom tutgan ro‘zani tutg‘il, ul kishi bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmas erdilar. 
Dushman birla ro‘baro‘ kelganlarida ham qochmas erdilar (ya’ni, bundoq ro‘za inson 
a’zosini zaiflashtirmag‘aydir)»,- dedilar. 
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
uzluksiz ro‘za tutmog‘imdan xabar topib, oldimga kirdilar. Men Janobga o‘tirmaklari 
uchun teridan qilingan, ichiga xurmo bargi to‘ldirilgan to‘shak soldim, ul kishi unga 
o‘tirmay yerga o‘tirdilar, to‘shak ersa, ikkimizning o‘rtamizda qoldi. So‘ng, Janob: 
«Senga har oyda uch kun ro‘za tutmak kifoya qilmag‘aydirmi?»- deb so‘radilar. Men: 
«Yo Rasululloh, bu ozdir»,- dedim. «Bo‘lmasa, besh kun»,- dedilar. Men: «Bu ozdir»,- 
dedim. «Ul kishi: «Yetti kun»,- dedilar. Men: «Bu ham ozdir»,-dedim. Janob: «To‘qqiz 
kun»,- dedilar. «Bu ham oz»,- dedim. Ul kishi: «O’n bir kun»,- dedilar. Men buni ham 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
393
oz, dedim. Shunda ul kishi: «Dovud alayhissalomning ro‘zalaridan afzal ro‘za yo‘qdir, ul 
yarim umrga tengdir, bir kun ro‘za tutg‘il, bir kun og‘zing ochiq bo‘lsin» ,— dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   473   474   475   476   477   478   479   480   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling