Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
13-bob. Ayol necha kiyimda namoz o‘qimog‘i lozim 
Ikrima: «Ayol kalta kiyimda namoz o‘qimog‘i mumkin (agar boshqasi bo‘lmasa)»,— 
deydilar. 
Oisha onamiz aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini 
o‘qirdilar. U kishiga iqtido qilib mu’mina ayollar ham ro‘mollariga (paranjilariga) o‘ralgan 
holda namoz o‘qishar erdi. Keyin uylariga qaytib ketishar erdi, hech kim ularni tanimas 
erdi». 
14-bob. Agar guldor ko‘ylak kiygan bo‘lsa-yu, ko‘ylagining gullariga ko‘zi 
tushib, xayoli qochadigan bo‘lsa, o‘sha kiyimda namoz o‘qisa joizmi? 
Oisha raziyallohu anho aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam gulli qamisa kiyib 
namoz o‘qirdilar. Nogahon qamisaning guliga bir nazar tashladilar, namozni o‘qib 
bo‘lgach, o‘girilib: «Bu qamisamni Abu Jahmga olib borib beringiz, o‘rniga uning 
anbijoniyasidan (gulsiz matosidan) olib kelingiz, chunki bu qamisa hali meni namozdan 
alaxsitdi»,— dedilar». 
«Oisha onamizga Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Namoz o‘qiyotganimda 
qamisamning guliga qarab qoldim. Meni namozdan chalg‘itadi, deb qo‘rqamay, degan 
ekanlar»,— deydilar Hishom ibn Urva. 
15-bob. Agar xoch yoki suratlar solingan kiyimda namoz o‘qisa, namozi 
buzilgaydirmi va bu xususda nimalar man’ qilingaydir? 
Anas raziyallohu anhu dedilar: «Oisha onamizning gulli jun pardalari bo‘lardi. U bilan 
uylarining bir tomonini to‘sib qo‘ygandilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Bu pardangni bizning ro‘paramizdan olib tashlag‘il, chunki undagi suratlar men namoz 
o‘qiyotganimda doim ko‘rinib turg‘aydir (xayolimni bo‘lg‘aydir)»,— dedilar». 
16-bob. Rasulullohning ipak choponda namoz o‘qib, keyin uni schib 
tashlaganlari to‘g‘risida 
Uqba ibn Omirdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ipak chopon hadya qilishdi. 
Rasululloh uni kiyib (Olloh taolo ipak kiyimni erkaklarga harom qilishidan avval), namrz 
o‘qidilar. Keyin, namozdan turiboq xazar qilgandek shosha-pisha uni yechib tashladilar. 
«Bu (ipak kiyim) taqvodor kishilarga yaramaydir»,— dedilar». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling