Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
104-bob. Ayolning orqa tarafida nafl namozi o‘qimoq 
Oisha onamiz bunday degan edilar: «Oyog‘imni uzatib yotgan erdim, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam kelib oyoq tomonimda namoz o‘qiy boshladilar. U kishi sajda 
qilayotganlarida meni turtib qo‘yardilar, men oyog‘imni yig‘ishtirib olardim, qiyomga 
tursalar, uzatib yuborardim. O’sha paytlarda uylarda chiroq bo‘lmas erdi». 
105-bob. Namozxon oldidan har qanday narsa o‘tsa ham, namoz buzilmaydir
deydiganlarning dalili 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Ollohga qasam ichib ayturmankim, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qiyotganlarida o‘rin-to‘shakda u kishining qibla 
tomonlarida yonboshlab yotgan erdim. O’rnimdan turib ketay desam, u kishiga qibla 
bo‘lib qolib, ozor berib qo‘yg‘ayman. Shunda sekingina o‘rnimdan sug‘urilib chiqdim-da
oyoqlari yonidan o‘tib ketdim». 
Ya’qub ibn Ibrohimdan akasining o‘g‘li Ibn Shihob namozni buzadirgan narsalar 
to‘g‘risida so‘rabdir. Shunda Ya’qub ibn Ibrohim: «Namozni hech narsa buzmaydir», — 
deb javob beribdir. 
Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi turib 
namoz o‘qir erdilar, men esam u kishining qibla tomonlarida o‘rin-to‘shakda uzala tushib 
yotar erdim». 
106-bob. Namozxon namoz o‘qiyotib yelkasiga qizchasini mindirib olsa... 
Abu Qatoda naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qizlari Zaynabning 
qizchasini (nabiralarini) bo‘yinlariga mindirib olib namoz o‘qir erdilar. Sajda qilsalar, 
tushirib qo‘yar erdilar, qiyomga tursalar, ko‘tarib olar erdilar» (bu — shofi’iy, hanafiy va 
hanbaliy mazhablarida farzda ham, naflda ham joiz, ammo molikiy mazhabida faqat nafl 
namozdagina mumkin hisoblanadir). 
107-bob. Kishi hayz ko‘rgan ayol yotgan ko‘rpaga qarab namoz o‘qisa, 
karohiyati bormi? 
Maymuna onamiz rivoyat qiladilar: «Mening o‘rin-to‘shagim Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamning namoz o‘qiydirgan joylari ro‘parasida erdi. Ehtimol, men o‘rnimda 
yotganimda kiyimlari menga tegib ketgandir». 
Yana Maymuna onamiz rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 
o‘qir erdilar, men ersam hayz ko‘rgan holimda yonginalarida uxlab yotar erdim. Sajdaga 
borsalar, kiyimlari menga tegar erdi». 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling