Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Namozxon takbiri tahrimadan keyin nimani o‘qiydir?
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
88-bob. Namozxon takbiri tahrimadan keyin nimani o‘qiydir?
Anas raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Umar namozni «Alhamdu lillohi rabb il-olamiyn» ni o‘qimoq birlan boshlar erdilar»,— deydilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam takbiri tahrima birlan namoz qiroati o‘rtasida jim qolar erdilar»,— deb aytgan erkanlar Abu Hurayra. «O’shanda Abu Hurayra: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir oz jim qolar erdilar»,— deb aytgan erdi shekilli. Men bir kuni Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, ota-onam haqqi-hurmati, takbiri tahrima birlan namoz qiroati o‘rtasida jim qolganingizda ichingizda nelarni o‘qiydirsiz? deb aytdim»,— deydilar Abu Zarr. Janob Rasululloh: «Ilohi, men birlan xatolarim orasini Mag‘rib birlan Mashriq oralig‘idek uzoq qilg‘il, oppoq matoga tekkan dog‘ni suv, qor va muz birlan yuvib ketgazgandek, meni gunohlarimdan forig‘ etgil! deyman»,— dedilar». Asmo binti Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 148 tutilganda o‘qiladirgan namoz (salot ul-kusuf) o‘qidilar. Qiyomda uzoq turib qoldilar. Keyin, ruku’ qildilar, ruku’da ham uzoq turib qoldilar. Keyin, yana ruku’ qildilar, bu gal ham uzoq turib qoldilar. So‘ng, qadlarini tiklab undan ham uzoq turib qoldilar, so‘ngra uzoq ruku’ qildilar, keyin sajda qildilar, sajdada ham uzoq turib qoldilar. Sajdadan boshlarini ko‘tarib, yana sajda qildilar. Bu safar ham uzoq turib qoldilar. So‘ngra, qiyomga turib uzoq jim qoldilar, keyin uzoq ruku’da turdilar, so‘ng turib, qiyomda uzoq turdilar, keyin yana ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar, so‘ng ruku’dan turib, qiyomda uzoq turdilar, keyin yana ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar( so‘ngra ruku’dan turib, yana sajda qildilar, sajdada uzoq turdilar, keyin sajdadan bosh ko‘tarib, yana sajda qildilar, sajdada uzoq turdilar. So‘ng, namozni (tugatib) o‘girildilar-da: «Hozirgina jannat menga juda yaqin keldi, hatto jur’at qilib qo‘l uzatsam, mevalaridan sizlarga olib chiqqan bo‘lur erdim. Do‘zax ham menga shundoqqina yaqin keldi, hatto: «Yo rabbiy, men shular birlan birgamanmi (ular birlan birga meni ham azoblag‘aydirsanmi)?»—deb yubordim. Nogahon, mushuk tirnab azoblayotgan bir xotinga ko‘zim tushdi: «Buning ne gunohi bordir?» — dedim. «Mushukni qamab qo‘yib, unga ovqat bermagan, o‘zi yemak topib yesin, deb ham qo‘yib yubormagan. Natijada mushukni ochlikdan o‘ldirgan»,— dedilar». Nofi’: «O’shanda, Janob Rasululloh: «O’zi hasharot topib yesin deb ham qo‘yib yubormagan» degandilar shekilli»,— deydilar. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling