Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Namozdan keyin zikr aytmoq
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
153-bob. Namozdan keyin zikr aytmoq
Ibn Abbosning ozod qilingan quli Abu Ma’bad: «Menga Ibn Abbos bunday degan erdilar»,— deydi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida odamlar farz namozidan so‘ng baland ovoz birlan zikr aytishur erdi, men buni yaxshi eslab qolganman». Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozni tugatganlarini takbir aytganlaridan bilur erdim»,— deydilar (Namozdan so‘ng «Subhonalloh, Alhamdu lilloh, Ollohu akbar» deb zikr aytmoq). Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Faqirlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «Jannatning eng yaxshi joylari ham, dunyoning eng yaxshi ne’matlari ham boylarga tekkaydir. Biz qanday namoz o‘qisak va ro‘za tutsak, ular ham shunday namoz o‘qib, ro‘za tutishg‘aydir. Buning ustiga ular mol-dunyoga ham egadirlar. Mol- dunyolari bo‘lgach, haj qilishg‘aydir va sadaqalar berishg‘aydir»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga javoban: «Sizga boylar erishgan martabadan ham yuksakroq martabaga sazovor etadirgan bir narsani o‘rgatayinmi? Agar (mening aytganlarimni qilsangiz), sizdan yaxshiroq odam bo‘lmag‘aydir, siz erishgan martabaga hech kim erisha olmag‘aydir. Quloq solingiz, har bir farz namozidan so‘ng «Subhonalloh», «Alhamdu lilloh» va «Ollohu akbar» deb 33 martadan aytg‘aysiz»,— dedilar. Shu onda biz «Subhonalloh — 33 marta, Alhamdu lilloh — 33 marta, Ollohu akbar — 34 marta» deb o‘zaro tortishib qoldik. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirdik. Janob Rasululloh: «Subhonalloh, Alhamdu lilloh va Ollohu akbarning har birini 33 martadan aytg‘aysen, deb aytdilar»,— deydilar Abu Hurayra». Mug‘ira Ibn Sho‘‘baning kotibi — Varrod raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mug‘ira Muoviyaga atab bunday deb xat yozdirdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir farz namozidan so‘ng «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu va huva alo kulli shay’in qadiyr. Ollohumma lo moni’a limo a’tayta va lo mu’tiya limo mana’ta va lo yanfa’u zo-l-jaddi minka-l-jaddu» deb aytar erdilar». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling