Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
berishning mumkinligi
Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Hajjat ul-Vido’da turganlarida so‘radilar: «Shaytonga tosh otmasdan avval qurbonlikka atalgan ko‘yimni so‘yib qo‘yibman!» Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 23 Rasululloh «zarari yo‘q» ma’nosida qo‘llari bilan ishora qildilar. Birov so‘radi: «Qurbonlik qo‘yni so‘ymasdan avval soch oldiribman?» Rasululloh «zarari yo‘q» deb qo‘llari bilan ishora qildilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh: «Ilm yo‘qoladi, nodonlik kuchayadi, fitnalar sodir bo‘ladi, harj ko‘payadi» dedilar. «Yo Rasulalloh, xarj nima?»— deb so‘radilar. Rasululloh «Qotillik» degan ma’noda qo‘llarini bo‘g‘izlari ustidan yurgizdilar. Asmo (Abu Bakr qizi) bunday deganlar: «Oisha singlimnikiga bordim. Namoz o‘qiyotgan ekan. Odamlarga nima bo‘ldi, desam, osmonga ishora qildi (odamlar kun tutilganda namoz o‘qishayotgan ekan). «Bu (qiyomat) belgisimi?»—dedim. «Ha»,— deb boshini qimirlatib qo‘ydi. Men ham ko‘zim tinib ketguncha namoz o‘qidim, so‘ng (o‘zimga kelishim uchun) boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamdu sano aytib dedilar: «Birorta ko‘rmagan narsam qolmadi, illo mana shu tik turgan joyimda hamma narsani, hatto jannat va do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga: «Sizlar qabrlaringizda Dajjol fitnasidek yoki shunga o‘xshash bir sinovdan o‘tasizlar»,— degan vahiy keldi. Sinov vaqtida: «Bu kishini taniysanmi?» — deb so‘raladi. So‘roq qilinayotgan odam chin iymonli bo‘lsa, «Bu kishi Muhammad sollallohu alayhi va sallam, bizga Allohning hidoyatini olib kelgandir, mo‘‘jizalar ko‘rsatgandir, biz qabul qilganmiz»,— deydi va yana uch marta «Muhammad alayhissalomdir»,— deb qaytaradi. «Qilgan yaxshiliklaring rohatini ko‘rib uxlayver, biz chin iymonli ekaningni bildik»,— deyiladi. Ammo so‘roq berguvchi munofiq bo‘lsa, «Bilmayman, odamlardan nimadir eshituvdim, shuni aytdim-da (ya’ni, bu kishi payg‘ambar, deb aniq ayta olmaydi)»,— deydi». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling