Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Bomdodda ikki rak’at qo‘shimcha namoz o‘qish haqida
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-bob. Bomdodning ikki rak’at sunnatini o‘qigandan so‘ng o‘ng qo‘lini bosib yonboshlamoq
- 22-bob. Nafl namozlarini ikki-ikki rak’atdan o‘qish to‘g‘risidagi hadislar
19-bob. Bomdodda ikki rak’at qo‘shimcha namoz o‘qish haqida
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xufton o‘qidilar, keyin yana 8 rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng o‘tirgan holda ikki rak’at namoz o‘qidilar. Bomdodning azoni birlan takbiri o‘rtasida ersa, ikki rak’at (qo‘shimcha) namoz o‘qib oldilar. Bu odatni sira ham tark etmas erdilar». 20-bob. Bomdodning ikki rak’at sunnatini o‘qigandan so‘ng o‘ng qo‘lini bosib yonboshlamoq Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 228 namozining ikki rak’at sunnatini o‘qiganlaridan so‘ng o‘ng qo‘llarini bosib yonboshlar erdilar». 21-bob. Bomdod namozining ikki rak’at sunnatini o‘qib bo‘lgandan keyin yonboshlash o‘rniga so‘zlashib o‘tirmoq Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozining sunnatini o‘qib bo‘lganlaridan keyin, agar uyg‘oq bo‘lsam, men birlan so‘zlashib o‘tirar erdilar, agar uyg‘oq bo‘lmasam, muazzin azon aytguncha yonboshlar erdilar». 22-bob. Nafl namozlarini ikki-ikki rak’atdan o‘qish to‘g‘risidagi hadislar Ammor, Abu Zarr, Anas, Jobir ibn Zayd, Ikrima va Zuhriy (Olloh ulardan rozi bo‘lsin!) ham nafl namozlarining ikki-ikki rak’atdan o‘qilmog‘ini eslatib o‘tganlar. Yahyo ibn Sa’id: «Kunduzi o‘qiladirgan naflning har ikki rak’atidan keyin salom bermagan birorta ham ulamoni (faqihni) bilmasmen».- deydilar. Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga Qur’oni Kariym suralarini o‘rgatganlaridek har bir ishda istixora (Ollohdan tilak tilamoq) aytishni o‘rgatar erdilar. Bir kuni Janob Rasululloh: «Agar biror ishga bel bog‘lasangiz, avval ikki rak’at farzsiz namoz o‘qingiz, so‘ng mana bu duoni aytingiz, dedilar: «Ollohumma astaxiyruka bi-ilmika va astaqdiruka bi-qudratika va as’aluka min fazlik-al-aziym, fa- innaka taqdiru va lo aqdiru va ta’lamu va lo a’lamu va anta allomu-l-g‘uyub, Ollohumma in kunta ta’lamu anna hoza-l-amr xayrun liy fiy diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola ojili amriy) va ojilihi fa-qdirhu liy va yassirhu liy, summa borik liy fiyhi va in kunta ta’lamu hoza-l-amr sharrun liy fiy diyniy va ma’oshiy va oqibati amriy (av qola fiy ojili amriy) va ojilihi fa-srifhu anniy va-srifniy anhu va-qdir liyi-l-xayr haysu kona, summa arziniy bihi». «Mazkur duoni aytib bo‘lgach,- dedilar Janob Rasululloh,- Ollohga o‘z tilagingizni aytg‘aysiz». Duoning tarjimasi: «Ilohi, meni ilmingdan ogoh qilg‘il! Qudrating ila meni bardam qilg‘il! Cheksiz fazlu karamingdan meni bahramand etg‘il! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga hamda kasbu korimga yaxshilig‘ keltiradimi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsen. Agar yaxshilig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni menga nasib aylab, oson qilg‘il va unga baraka ato etg‘il! Ilohi, men bel bog‘lagan ish dinimga, hayotimga va kasbu korimga yomonlig‘ keltiradimi, yo‘qmi, o‘zing bilg‘aydirsen. Agar yomonlig‘ keltiradirgan bo‘lsa, uni mendan, meni undan yiroq aylag‘il! Menga yaxshilig‘ keltiradirgan ishni ravo ko‘rib, rozi qilg‘il!» Abu Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz (namozdan tashqari vaqtda) masjidga kirsangiz o‘tirmasdan avval ikki rak’at namoz o‘qingiz!»- deganlar». Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga imomlik qilib, ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng: «Mehmondorchilikdan qaytishda duo o‘rniga namoz o‘qingiz!»-dedilar». Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alaygqi va sallam birlan birga peshindan avval ikki rak’at, peshindan keyin ham ikki rak’at namoz o‘qidim, so‘ngra jum’adan keyin ham, shomdan keyin ham, xuftondan keyin ham ikki |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling