Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Ayollarga ilm o‘rgatmoq uchun alohida kun tayinlasa bo‘ladimi?


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/490
Sana16.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1360043
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   490
Bog'liq
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)

36-bob. Ayollarga ilm o‘rgatmoq uchun alohida kun tayinlasa bo‘ladimi? 
Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: «Ayollar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: 
«Erkaklar sizdan har kuni ilm o‘rganishadi, bizga ham bir kun ajrating»,— deyishdi. 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kunni tayinlab, o‘sha kun kelgach, ularga va’z-
nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: «Ey xotinlar, orangizda uchta bolasi 
o‘lgan birorta ham xotin bo‘lmasa kerak, mobodo bo‘lsa, uni o‘sha bolalari parda bo‘lib 
do‘zax o‘tidan asraydi»,— dedilar. Shunda bir xotin: «ikkita bo‘lsa-chi?» — dedi. 
Rasululloh: «ikkita bo‘lsa ham (parda bo‘lgay)»,— dedilar (bu gap otaga ham 
taalluqlidir)». 
Shu mazmundagi hadisni Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Balog‘atga yetmagan uchta 
farzand»,— deb rivoyat qiladilar.
37-bob. Eshitganini yaxshilab bilib olmoq uchun qaytadan so‘rashning joizligi 
Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jufti 
halollari — Oisha onamiz Rasulullohdan bir narsani eshitsalar, yaxshi tushunib olish 
uchun yana qayta so‘rar edilar. (Bir kuni) Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim 
oxiratda hisob-kitob qilinsa, azob tortadi»,— dedilar. Shunda Oisha onamiz: «Alloh taolo 
oyati karimasida «Keyin hisobi yasir (engil hisob) qilgaymiz» degan emasmidi?» — 
dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu bandalarga bir eslatib qo‘yishdir. 
Ammo kimki hisob-kitobga ro‘baro‘ qilinsa, halokatga uchragay»,— dedilar».
38 bob. Hadis eshitganlar eshitmaganlarga yetkazishi lozimligi 
Sahoba Abu Shurayhdan: «Abu Shurayh Amr ibn Sa’idga, u Makkaga vakillar 
yuborayotganda, bunday dedi: «Gapirishga izn ber, ey Amr! Makka fath (zabt) qilingan 
kunning ertasiga Rasululloh aytgan so‘zlarni senga aytib beray, bu so‘zlarni 
aytayotganlarida ikki ko‘zim ko‘rib, ikki qulog‘im eshitib, qalbim o‘z ongiga jo qilgan. 
Rasululloh Allohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng,» dedilar: «Makkai Mukarramani 
Alloh taolo muqaddas qilgandir, bu yerda odamlar jinoyat (gunoh) qilgan emaslar, shu 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
boisdan Allohga va oxiratga ishongan kishining bu yerda qon to‘kmog‘i va daraxtlarini 
sindirmog‘i gunohdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Alloh 
urush qilishga izn bergan-ku?!»—desa, unga: «Alloh taolo o‘zining Rasuliga izn bergan, 
bizga ruxsat bermagan»,— deb aytingiz! Alloh menga ham bu yerda kunduzi bir 
soatgina urush qilmoqqa izn berdi, keyin Makkaning kechagi hurmati o‘z o‘rniga qaytdi. 
Buni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazingiz!» 
Abu Shurayxdan «O’shanda Amr senga ne dedi?»—deb so‘rashdi. «Ey Abu Shurayh, 
men sendan yaxshi bilaman. Makka gunohkorni qutqarmaydi, qasosdan qochganni 
qutultirmaydi, o‘g‘rini ham jazodan asramaydi, deb aytdi»,— dedi. Amr, Makkada 
Abdulloh ibn Zubaydning Yazid xalifaligini tan olmasdan bosh ko‘targanini osiylik deb 
hisoblab, unga qarshi qo‘shin yubormoqchi bo‘ldi». 
Abu Bakra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni eslab, Rasululloh 
bunday deganlar dedi: «Ushbu kun va oy hurmati, bir-biringizning mol-mulkingizni 
talamangiz, qoningiz va obro‘yingizni to‘kmangiz. Gapimni eshitganlar eshitmaganlarga 
yetkazsinlar!»

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   490




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling