Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
0f426a8468f5a80e75dad70c2833ce16 AL-JOMI` AS-SAHIH (1-jild)
www.ziyouz.com kutubxonasi
256 32-bob. Mayyitga (aza tutib) dod solib yig‘lashning makruhligi Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Qo‘yaverg‘il ularni, Abu Sulaymonga aza tutib yig‘lashaversin, boshlariga tufroq sochib va dod solib yiglashmasa, bo‘lgani!» — dedilar. Imom Buxoriy: «Naq’ — boshga tufroq sochmoq, laqlaqa — dod-voy solmoq deganidir»,— deydilar. Mug‘iyra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman»,— deydilar: «Albatta, mening nomimdan yolg‘on so‘z aytmoq, boshqa biror kishining nomidan yolg‘on so‘z aytmoq kabi ermasdir. Kimki mening nomimdan qasddan yolg‘on so‘z to‘qig‘aydir, do‘zaxdan o‘ziga joy shaylayversin! Qaysi mayyitga kim aza tutib, dod solib yig‘lag‘aydir, o‘shal mayyit dod solib yiglangani tufayli azobga qolg‘usidir». Ibn Umar raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam; «O’lik, unga aza tutguvchilarning dod solib yig‘lagani sababli, qabrida azoblang‘aydir»,— deganlar». Shu’ba raziyallohu anhu: «O’lik, unga aza tutguvchi tirikning yig‘isi sababli, azoblang‘aydir»,— deganlar. 33-bob. Ibn ul-Munkadirga Jobir ibn Abdulloh bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Uhud jangi kuni otamning o‘ligini kiyimlariga o‘ralgan holda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga keltirib qo‘yishdi-da, ul kishining quloq va burunlari kesib tashlanganini aytishdi. Men borib yuzlarini ochmoqchi erdim, qarindoshlarim qo‘yishmadi, so‘ng yana borib ochmoqchi bo‘lganimda, qarindoshlarim yana qo‘yishmadi, so‘ng yana ochmoqchi bo‘lib bordim, qarindoshlarim bu gal ham ruxsat berishmadi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o‘zlari «Ochingiz!» deb buyurdilar, yuzlarini ochishdi. Shunda bir xotinning dodlagan ovozi eshitildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimdir ul?» — dedilar. «Amrning qizi yokim Amrning singlisi»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yig‘lamasin!» — dedilar. Keyin, tobutni ko‘tarishguncha farishtalar qanotlari birlan otamning tepalarida soya solib turishdi». Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling