Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ODAM BOLALARI
- QARDOSH SHOIRGA
OFTOBSHUVOQ
Bahor kunlarida, Oftobshuvoqda, Hordiq olar edi ko‘pincha onam. Naykamalak balqsa Qo‘ng‘irtov yoqda, Nechog‘ yosharardi bu ko‘hna olam. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 29 Xastalik qiynardi onamni biroq, U chetga termulib uh tortar edi. Bahor yoqsa hamki olamga charoq, Mening yuragimda g‘am ortar edi. Men onam yonida ivirsib beun, Kun bo‘yi yurardim dilgir, betoqat. Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun, Turnalar tovushin tinglardim faqat. Shu-shu o‘nglanmadi onam rahmatlik, Mening ham yillarim topdilar to‘zim. Bugun onam kabi yolg‘iz, toqatlik, Bahor quyoshiga boqaman o‘zim. Endi meni ezar ming bitta xayol, Ular o‘tkinchi do‘st, vafosiz yorlar. Endi o‘zim dardkash, o‘zim jim va lol, Endi o‘zim uchun tiyra bahorlar. Iliq tomchilagan yomg‘ir ham goho Tuyular onamning ko‘z yoshi bo‘lib. Onam turganiday teppamda go‘yo Bahorning mehribon quyoshi bo‘lib... 1984 ODAM BOLALARI Odam bolalari turfa naqadar, Biri mo‘min bo‘lsa, boshqasi asov, Biriga quyuqroq salom bersang gar, Xushomadgo‘y deydi, nomingni darrov. Mayliga, ataylab biror kun sen ham Qad kerib, sipoyu o‘ychan bo‘lib yur. Malomat yog‘ilar boshingga shu dam, Seni ataydilar darhol takabbur. Yaxshisi dilingda bo‘lsin muhabbat, Oshkor etaverma uni jo‘rttaga. Avliyo misoli jim yurgin faqat, Ko‘zlardan yiroq bo‘l, chiqma o‘rtaga. 1984 QARDOSH SHOIRGA Shahar talashmagin, daryo talashma, Iste’dod talashma, daho talashma. Tabiat yaratgan yaylovda xurram, Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 30 Bizdek o‘tlab yurgan jonzodsan sen ham. Bu ko‘hna tuproqni kovlasang agar, Chiqar necha nomsiz daryo va shahar. Kechmish daholarning aytgan so‘zlari . Ahli diyonatning mulkidir bari. Tangrini ilk bora o‘ylab topgan kim? Bu savol qoshida barchamiz ham jim... Qurbing yetsa magar qo‘rg‘on yaratgin, Olamni o‘zingga mayli, qaratgin. Qimmat bergin bizga asl, bebaho, Nomingni ataylik mayliga, daho! Tariqday zamin bir va Inson birdir, Bilmagan mardumga bu holni bildir! Shunda men qoshingda egarman boshim Va seni atarman chindan qardoshim! 1984 Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling