Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOLG‘IZ ODAM
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 Bolangning sho‘xligi yoqmaydi. Sokin kechalari, ayvonda yolg‘iz, Olis yulduzlarga boqasan to‘nib. Ular ham ko‘zingga ko‘rinar bu kez, Juda uzoq borsa, yonar qurt bo‘lib. Shundoq, inson dili ajib muammo, Koyima bundayin holati uchun. Qo‘lingdan kelsa gar madad ber, ammo, Har qanday damda ham sen uni tushun. 1985 YOLG‘IZ ODAM Qiyin, senga, qiyin, Juda ham qiyin, Salomingga birov alik olmasa. Vaqt-soating yetib, o‘lganingdan keyin. Boshingda bir kimsa faryod solmasa. Chindan ham sevmasang yorug‘ olamni, Dildagi arzingni kimga ochursan. Balki shu sababdan, jami odamni, Ozurda qilishga shoshursan... 1986 VA’DALAR Men qo‘rqaman Yangi yilga She’rlar bitmoqdan Qquvchimga yo‘q narsani Va’da etmoqdan. Aytildimi - bajarilsa Va’da va tilak, Yo‘qsa, bir yil ko‘zdan yiroq Yurmoqlik kerak. Va’da berib aytamiz biz: Yo‘qolgay nifoq, Mehnat qilgan katta-kichik Bo‘lib ittifoq. Qarabsizki, qay birovlar Ahdni buzgaylar, Zum o‘tmayin o‘zlaricha Reja tuzgaylar. Va’damizdan o‘rin olar Albatta vijdon, Yangi yilda, deymiz, har kim Bo‘lgay pokdomon. Lekin riyo bir burchakda Poylab turadi. U ham endi kimlarnidir Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 37 Yo‘ldan uradi. Shuhratparast, lo‘ttibozga O’rin yo‘q sira! Har birimiz bo‘lajakmiz Sof va bokira! Yangi yilda ana shunday Yangrar so‘zimiz, So‘ng yil bo‘yi begonadir Kimlarga diydor. Yangi yil-chi, barchasiga Qaragay kulib, Kela berar, keta berar Ishonchga to‘lib. Qarimayman, mangu yoshman Deganning, biroq, Qasamiga bovar qilmas, Solmagay quloq, Undaylarning ko‘zin jindek Yoshlab o‘tar u, Sochlariga bir tola oq Tashlab o‘tar u. 1986 TO’QAY Men demam aslo seni: sho‘rlik To‘qay, Dardlisan, lekin mudom nurli To‘qay, Chunki sen ozod zamonni istading, Maqsading hurlik edi, hurlik, To‘qay. O’zbegu totor, qozoq, boshqird bo‘lib, Ko‘rinarsan menga goh turlik To‘qay. Sen qorong‘u kechalar bitding yonib, Chiqdi go‘rga aslida zo‘rlik, To‘qay. Haq so‘zingga millating ko‘z tiksa ham, Necha zotlar qildilar ko‘rlik To‘qay. Hech ajab ermas Seni yod aylasam, Ikkimiz ham bir qiya, o‘rlik, To‘qay. 1986, Qozon G‘ALATI ZOT Yong‘oqning tagidan o‘tganmi bu zot, Na do‘stin, na yorin xushlaydi. Boshini silasang, shu zahot, Qo‘lingni tishlaydi... 1986 Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling