Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
KEKSA MUHOJIR
Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 38 - Nega qadding egik, nega boshing xam Nega nigohingni tortadi tuproq? - Mening yer ustida tanishlarim kam Mening yer ostida do‘stlarim ko‘proq. 1986 AQL HAQIDA Shunchalar go‘zalsan, go‘zalsan, sanam, Ta’rifing bitmoqqa ojizdir qalam, Bir yigit umrini obod etarding, Aql ham berganda falak bokaram... 1986 QALDIRG‘OCH Deydilar, qaygadir o‘t ketsa, albat, Chumchuq xas tashirmish, qaldirg‘och-chi, Balki, bu chumchuqning sha’niga tuhmat Yong‘in nimaligin, balki, bilmas u... Sen dunyo holiga nazar sol birpas, Nazar sol ko‘zlardan oqqan yoshlarga. Dunyoda kulbalar yonar har nafas, U doim muhtojdir qaldirg‘ochlarga. 1986 XUSUMAT Dunyoning bori shu, Har qanday zot ham, Aybin olavermas bo‘yniga. Balki, shu boisdan, qanchalar odam, Tosh solib yuradi qo‘yniga. Xusumat, deydilar ushbuning otin, Dastidan yig‘inlar, uylar bezovta. Bezovtadir hamma oshkor yo botin, Azalar bezovta, to‘ylar bezovta. Har holda bo‘lmagay qiyomat qoyim, Bularning ko‘plari quruq savlatlar. Yomondir, yomondir, qo‘yniga doim, Tosh solib yursa gar davlatlar. Gar ular yursalar kuchin pesh qilib, Jim tinglar zaminning dardli na’rasin. Mayda toshchalar-ku o‘tar, ishqilib, Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 39 Uning kattasidan xudo asrasin. 1986 TO’LIN OY Keksaygan hilolim, ey sen, to‘lin oy To hanuz buzursan halovatimni. Yodimga solursan endi, hoynahoy, Sochlari oqargan muhabbatimni. Yillarim kechdilar yeldirim misol, G‘unchalar bag‘riga xayolday indim. Endi-chi, toliqib, horg‘in va behol, G‘orlarga bekingan shamolday tindim. Bilmadim, qaydadir yotar sarg‘ayib, Otashin hislarim o‘ralgan daftar. Qaysidir go‘shada bo‘lmishdir g‘oyib, Bir zamon qo‘limdan uchgan u kaptar. Endi visol o‘zga, o‘zgadir firoq, To‘lin oy, o‘tinchim yodingda tutgin. Bizning tomonlarga yo‘ling tushgan chog’ Mening kulbamga ham mo‘ralab o‘tgin.. 1986 Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling