Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSHMANBULOQQA
SO’NGGI CHORA
Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 121 Odamlar yo‘lida xarsangtoshday zil, Erta-kech ko‘ndalang yotishdan saqlan. Fursating o‘tdimi - maqomingni bil Bekatda o‘tirgich bo‘lgil, masalan. Agar o‘qimasa she’ringni birov, Malomat qilmog‘ing, albatta, g‘alat. Yaxshisi, do‘konni yopgin-da darrov, Zehningni o‘zga bir yumushga qarat. Boshqa fojiadan asrasin ammo, Hech kim duch kelmasin unga daf’atan. Sendan elu yurting tonmasin aslo, Sendan o‘girmasin yuzini Vatan. Unday choq, buzsang ham dodlab jahonni Hech kim hayron bo‘lmas, hech kim qolmas lol Agar topa olsang bir gaz arqonni, O’zingni osa ber endi bemalol. 1996 O’GIT Bolangni o‘g‘rilar tunabdi yo‘lda, Lekin uh tortasan, ichingda nolang. Deysan, o‘g‘lim, sen ham dadilroq bo‘l-da, Biroq, tanbehingni eshitmas bolang. U deydi: - Bormi hech dunyoda insof, Yo‘limni to‘sdilar, kuppa-kunduzi. Bolam, sen hozircha shabnam kabi sof, Ayni farishtaning o‘zisan, o‘zi. Nega? - deb atrofga boqasan hayron, Ilk bor duch kelibsan bunday baloga. Mening gaplarimni tinglagin obdon, O’g‘lim, ishonma hech noqis dunyoga. Duch kelgan kimsani pokdomon bilib, Hargiz diling ochma, bo‘lmagil yo‘ldosh. Insonlar uchraydi, bir ko‘zi kulib, Ikkinchi ko‘zida tayyor turgay yosh. Insonlar uchraydi, taomingni yeb, Toptab keta berar dasturxoningni. Chumoli qadarli manfaatin deb, Chumolicha ko‘rmas sening joningni. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 122 Insonlar uchraydi, ko‘kda oyni ham O’zining mulki deb bilgaydir faqat. Sening quvonchlaring ularga alam, Sening zarra baxting ularga kulfat. U payt qulog‘ingga aytguncha azon Ogoh etmasmidim buning baridan. Ishonch degan bir so‘z o‘chdi nogahon. O’spirin umringning sardaftaridan. O’g‘lim, odamiylik azizdir garchand, Yostig‘ing ostida tursin yarog‘ing. Dunyo har qadamda bergay senga pand, Aslo mudramagay ikki qarog‘ing. Ezgulik yo‘lida ko‘pdir muammo, Undan qutulmoqning yo‘li bul ekan: Insonga yo‘liqsang inson bo‘l, ammo Hayvon yo‘liqqanda Hayvon bo‘l ekan. 1996 BOSHMANBULOQQA Boshmanbuloq, Boshmanbuloq, Senga ko‘zu qoshman, buloq. Suvingdan bir qonib ichdim, Endi mangu yoshman, buloq. 1996 Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling