Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
UMMON ORTIDAGI MAKONIM
(Vashingtonda O’zbekiston elchixonasining yangi binosi ochilishi munosabati bilan yozilgan she’r) Keng jahon bir qadam bo‘ldi men uchun, Menga ham ochildi olam darchasi. Yiroq Amriqoda taft sochar bu kun. O’zbek quyoshining olov parchasi. Ochildi men uchun tor osmon bekam, Kezdim yuksaklikning cho‘ng darg‘asini. O’zbekning lochini ozod va ko‘rkam, Qurdi bu yerda ham qo‘nalg‘asini. Nechun xushnud bo‘lmay, dilimni yormay, Ummon ortida ham bordir makonim. Dunyoning qaysi bir burchiga bormay, O’zing boshpana bo‘l, O’zbekistonim! Vashington shahri, 1996 yil 25 iyun Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 123 AYRILMAS Yo haq!. - deb yo‘l olsa manzilga karvon, Yo‘l boshlagan cho‘ng noridan ayrilmas. Oshiqlar ko‘nglidan kechar ming armon, Bir armoni - dildoridan ayrilmas. Nelarni ko‘rmagay insonning boshi, Bejiz aytmaganlar: “U soyning toshi”. Donolar, bir joyga yetsa ham yoshi, Piri bergan tumoridan ayrilmas. Qachon dong chiqarmish, axir, yolg‘iz ot, Farzand oqil bo‘lsa - padarga qanot. Yigitga duch kelsa Hayot yo Mamot, Do‘stlarining diydoridan ayrilmas. Demishlar: .So‘qir ham ko‘rgay yorqin tush.. Ozod davron surmoq har narsadan xush. Qafasga gar tushsa uchib yurgan qush, Erkinlikning xumoridan ayrilmas. Xor bo‘lmas, ajdodin kimki yod etgan, O’tgan azizlarning ruhin shod etgan. Avlodlar taqdirin o‘ylab dod etgan, Ota-bobo mozoridan ayrilmas. Har kim bilganicha chertgay sozini, Moli toza odam qilgay nozini. Mard kishi ko‘p degay hatto ozini, Rizqin topgan bozoridan ayrilmas. Peshvosi bor yurtning butundir baxti Aslo xazon bo‘lmas ekkan daraxti. Har kimga buyursin o‘z toju taxti, Nomusli el shunqoridan ayrilmas. Bir yonda turkmanim, qirg‘iz, qozog‘im Orolga termulgan qoraqalpog‘im, O’zbegim, tojigim - ko‘zim-qarog‘im Jam bo‘lganda qatoridan ayrilmas. Ayrilsa ayrilgay tog‘lar qoridan, Ayrilgay behimmat boy ham boridan, Vafosiz ayrilgay do‘stu yoridan, Shoir xalqi ash’oridan ayrilmas. Qo‘lga qalam oldim qutlug‘ bir kuni, Mahtumquli she’rin bo‘lib maftuni. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling