Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
OTA DUOSI Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- UCHAR QUSHLAR
OTA DUOSI
Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 132 O’g‘lim so‘ramasman sendan mol-dunyo, Uy ham qurib berma, mayli, alomat. Mayli, ko‘zlarimga bo‘lmagil ziyo, Yonimda yursang bas sog‘u salomat. Mayli, ko‘tarmagil meni yelkangda, Qalqon ham bo‘lmagil yog‘sa malomat. Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda, Tepamda tursang bas sog‘u salomat. 1998 UCHAR QUSHLAR Uchar qushlar uchdi-ketdi, Qo‘llarimda pati qoldi. Yoshlik ketdi, umrning ham Sharti ketib, parti qoldi. Dema, bukun sevgining ham O’zi ketib, oti qoldi. Lablarimda u bo‘saning Hech aynimas toti qoldi... 1998 * * * Urinma bolakay, urinma harchand Bag‘ringni men kabi tig‘lay olmassan. Men kabi quvonib, kularsan garchand, Lekin men singari yig‘lay olmassan. 1998 * * * Bugun xoli qo‘ydim yana daftarimni, Buni balki kimdir yalqovlikka yo‘ydi Asli senga aytar hamma gaplarimni, Bulbul aytib qo‘ydi. 1998 * * * Deydilar: - Chaqnagan qaysi yurt erur, Buyuk sohibqiron sochgan ziyodan. Javob berdilarki, - Hech so‘nmas bu nur, Taralgan eng avval Qashqadaryodan. Dedilar:. Qaysi el bedor doimo, Zavq olar mehnatdan, suluv dunyodan. Javob berdilarki,. Shoir, ulamo, Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 133 San’atkorlar chiqqan Qashqadaryodan. Dedilar:. Jahonga buyuk yurtboshi, Parvoz aylagandi qaysi ma’vodan. Javob berdilarki,. Hurlik quyoshi, Qalqqandi dastavval Qashqadaryodan. Dastavval, dastavval Qashqadaryodan! 1999 BEDORLIK Der edim: Istiqlol shukuhi bilan Ro‘zg‘orni butlamoq fursati yetdi. Shunday payt, qo‘ynimga kirdi bir il Kimdir ostonamga o‘t qo‘yib ketdi. Der edim: Hur zamon kelib nihoyat, Asriy g‘alvalardan xoli bo‘ldi bosh. Shunday payt, qo‘zg‘alib qaydin qaboha Yurtboshim ko‘ksiga otmoq bo‘ldi tosh. Der edim: bosqinlar, vahshat, ur-surl Qoldilar moziyning kechalarida. Shunday payt, daf’atan jonlandi ula Qon oqdi Toshkentning ko‘chalarida. Nogoh ayon bo‘ldi, g‘animlar bisyor, Bisyor oramizda olamizgacha. Endi ogoh bo‘lsin, bo‘lsinlar hushyor, Hatto beshikdagi bolamizgacha. Istiqlol, sadag‘ang ketay, Istiqlol! Buncha og‘ir ekan qutlug‘ yo‘llaring. Ishonay, duch kelsa, agar yov qattol, Burda-burda qilsin uni qo‘llaring. Men esa, Istiqlol, yaloving tutib, Metin saflaringda sobit keturman. O’tgan shahidlarning nomin yod etib, Yurtboshim yonida bedor o‘turman. Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling