Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
136 Qul dedi: - Bu ne’mat jondan-da totlik Nomi Ozodlikdir, nomi Ozodlik! 1999 yil, avgust AKTYOR Bir kun tomoshaga tushib lahzada Turfa aktyorlarni ko‘rib qaytibsan. Lekin sen ularni faqat sahnada Mavjud deb o‘ylasang, bekor aytibsan. Chin aktyor san’at deb, bag‘rini tig‘lab Amallab kunini ko‘rib yuradi. Shunday insonlar bor, bir ko‘zi yig‘lab Bitta ko‘zi esa kulib turadi. Shunday insonlar bor, voy otam, deya, Bir zumda o‘zgarar turqi, siyog‘i. Lekin o‘sha mahal, o‘sha soniya Onasin ko‘ksida turar oyog‘i. Shunday insonlar bor, go‘yo yurtparvar Yurtini ulug‘lar go‘yo har so‘zi. Lekin razm solib qarasang agar, Amal poyasida ikkala ko‘zi. Shunday insonlar bor, xalqim der hamon So‘zlaydi hamisha olib xalq yonin. Bir qo‘li ko‘ksida, bir qo‘li biroq, Tozalab turadi xalqning hamyonin. San’atga umrini kim etmish fido, Sharafi yuksalsin, olamni tutsin. Hayotni o‘yin deb bilganning ammo Tolei kulmasin, biri kam o‘tsin. 2000 YO’QLOV O’lmas Umarbekov xotirasiga Chehrangda tabassum balqirdi doim, Ko‘ngil bog‘ing edi chechakli, gulli. Arshi-a’loga ham sendek muloyim, Xushsurat bandalar darkor shekilli. Har zumda o‘limni kutib yashamoq Uning o‘zidan ham dahshatliroq his. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 137 Senga shunday yurak bermishdi Xalloq, Boqding ajalning ham ko‘ziga munis. Dunyoning tagiga o‘t ketsin, agar Bag‘ridan yaxshini sitib chiqarsa. Tole bo‘lolmagay qazoyi qadar, Baxt asli tiriklik degan bir narsa. O’lmas deb qo‘ymishlar ismingni, biroq O’lim to‘lg‘izdi-ku umr jomingni. Falakning bu ajib o‘yiniga boq: O’lmas deb turibman endi nomingni! Inson bolasiga sharafdir g‘oyat Xalqi rozi bo‘lib, xotirga olsa. Mening ushbu she’rim sen uchun shoyad Do‘stlaring nomidan yo‘qlov bo‘lolsa. 2000 AJRIM Dunyoning yarmini sayr etdi o‘g‘lon, Kelib otasidan so‘radi ajrim: - Chin do‘st topolmadim nega, otajon? Ota esa jim. Yana dunyo kezdi charchamay o‘g‘lon, Yana otasidan so‘radi ajrim: - Vafo topolmadim nega, otajon?! Ota hamon jim. - Nega savolimga bermaysiz javob?! O’g‘lon turar edi nolakor, haqir. Ota javob qildi uh tortib shu tob: - Sen ham bor narsani axtar-da axir 2000 Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling