Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


Download 129.39 Kb.
bet34/44
Sana28.12.2022
Hajmi129.39 Kb.
#1070566
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

insoniy toqat tashqarisida ekanligini isbot etdilar. Toki itbo’lariga xirsi baland bo‘lib, muvaffaq bo‘la olgan ximmatlik ummatlar qila olsalar, bu hadis ifodasicha ham amal qilsinlar.


BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING QIROATLARI HAQIDA BAYON QILINADI


Ya’ni, Janobi Rasulullohning Qur’oni karim tilovatlari qanday edi, shu xususda zikr etiladi.





  1. Ya’lo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Ummu Salama roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiroatlari haqida savol qilindi. Onamiz roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiroatlari harf-harf ochiq va ravshan bo‘lar edi.

Sharxlovchilar aytadilar: Onamiz o‘zlari Sarvari koinot sollallohu alayhi vasallam o‘qiganlaridek o‘qib berdilar. Ya’ni harfan-harfan zaboniy tushuntirib berdilar.





  1. Qatoda dedilar: Men Anas roziyollohu anhudan “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiroatlari qanday edi?” deb savol kildim. Anas roziyallohu anhu dedilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiroatlari madlik bo‘lar edi(mad – bir harfni cho‘zibroq o‘qish) (Ya’ni, mad qilmoq zarur bo‘lgan maqomlarda mad qilar edilar. Lekin mad qilishda tajvid qoidasiga muvofiq mad qilinar edi. Ziyoda va kam qilinmas edi. Chunki har narsaning o‘z miqdori bor. Undan ziyod va kam qilish mazammatlangandir).




  1. Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiroat qilganlarida har oyatni uzib, alohida qilib o‘qir edilar. Birini ikkinchisiga qo‘shib, aralashtirib o‘qimas edilar. Masalan, ALHAMDU LILLAXI RABBIL ‘ALAMIYN deb to‘xtar edilar. Keyin AR-RAXMONIR-RAHIYM deb yana to‘xtar edilar. Keyin MALIKI YAMID-DIYN deb to‘xtar edilar.




  1. Abdulloh ibn Abu Qays dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan savol qildim: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’oni karimni ichlarida beovoz o‘qir edilarmi yo ovoz bilan o‘qir edilarmi?” Onamiz dedilarki: “Har ikki tariqada o‘qir edilar”. Men dedim: “ALHAMDU LILLOHki dinimizda kengchilik paydo qilibdilar” (ya’ni Islomda tahajjud va boshqa namozlar qiroatini ovoz chiqarib o‘qilsin yoki maxfiy o‘qilsin, vaqtga va nashotga qarab, qanday o‘qilsa-da durustdir. Bu Islom go‘zalliklaridan biri).




  1. Ummu Xoniy roziyallohu anho dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Masjid-al-Haromda kechqurun tilovat qilar edilar. Men ovozi muboraklarini uyimda, tom tepasida eshitar edim. Chunki bu zotning uylari Harami Makkaga nihoyatda yaqin edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’oni karimni nihoyatda sof va dona-dona qilib ovoz bilan o‘qir edilar.




  1. Abdulloh bin Mug‘affal roziyallohu anhu dedilar: Men Makkai mukarrama fatx qilingan kuni Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tuyalarining ustida: INNO FATAHNO LAKA FATXAN MUBIYNAN, LIYAG’FIRA LAKA-ALLOHU MO TAQADDAMA MIN ZANBIKA VA MO TAAXXARA jumlalarini o‘qib turganlarini eshitdim. Janob qiroatlarida

tarji’ qilar edilar. (Ya’ni, tuyaning harakatidan ovozlari uzilib, qayta-qayta degandek eshitilar edi. «O» demoqchi bo‘lsalar, «O-o-o» bo‘lib, ovoz chiqar edi).



  1. Qatoda roziyallohu anhu dedilar: Alloh taolo bir Nabiyni nihoyatda xush surat va nihoyatda xushovoz qilib yuborgandir. Nabiyi karim sollallohu alayhi vasallamni hammadan chiroylik va hammadan xushovoz qilib yuborgandir. Janob Qur’oni karimni nihoyatda yoqimli tilovat qilar edilar. Lekin ashulachilar kabi nag‘ma qilib o‘qimas edilar.




  1. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Qur’on tilovat qilsalar, ovozlari shu qadar baland bo‘lar ediki, uyda o‘qisalar saxndagi odamlarga eshitilardi.

I z o h. Bu bobda kelgan hadislar mazmunlaridan shu xulosa olinadiki, Qur’oni karim tilovat qiluvchilar o‘z holatlari va maqomlari va zavqlariga muvofiq o‘qisinlar. Ovoz chiqarib o‘qish matlub bo‘lsa, ovoz chiqarib, xufiya matlub bo‘lsa xufiya o‘qisinlar.


G’arazlari Allohning rizosi va dinning yuksalishi bo‘lsin. Riyo va sum’a kabi narsalar aralashmasin.



Download 129.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling