Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Sizlar ularga xilof qilinglar. Lungi ham bog‘langlar, ishton ham kiyinglar”. Abu Hurayra roziyallohu anhu bir uzun hadis silsilasida deganlarki, men aytdim: “Yo, Rasulalloh, o‘zlari goho ishton ham kiyadilarmi?” Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Ha. Kiyaman. Menga badanimni yopmoqqa hukm bor. Xech bir narsa badanni ishtondek yopolmaydi”. Lekin muhaddislar
bu hadisni zaif deganlar.`
I z o h. Lungi yo ishton yohud shim kabi liboslarni balki ko‘ylak va kamzul va jubba kabi narsalarni etaklarini oyoq to‘piqlaridan pastga tushirmaslik uchun ko‘p ta’kidlar borki, oshig‘idan pastidagisi do‘zaxda hisob qilinadi. Ulamolar dedilar: boldirning yarmida to‘xtatmoq mustahabdir, to‘piqqa tushirmoq joizdir. Undan pastga tushsa va bu kibr uchun bo‘lsa, haromdur. Kibr uchun bo‘lmasa, makruhdir. Bularning hammasi erlar uchun. Ammo ayollar uchun bir qarichdan bir gazgacha etaklarini uzun qilishga haqlari bordir. Balki ular nima bilan bo‘lsa ham o‘zlarini nihoyatda mukammal satrda saqlashlari talab etiladi.
Xuzayfa ibn Yamoniy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening boldirimni yo o‘zlarining boldirlarini go‘shtini tutib turib dedilarki: “Izor bu yerga to‘xtasin, uning joyi shudir. Agar bunga qanoat qilinmasa, bundan bir oz tushsin. Agar bunga ham unalmasa, shuni bilsinki, lungining ikki tupiqqa qadar tushmoqqa haqqi yo‘qdir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |