Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc
Download 129.39 Kb.
|
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy
Oxiratdagisi inshoolloh alohida turibdi.
Anas roziyallohu anxu dedilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning na ertalabki taomlarida va na kechki taomlarida non va go‘sht ikkisi jam bo‘lgan emas edi. Balki biri bo‘lsa, ikkinchisi bo‘lmas edi. Magar qachon bir mexmon majlisi bo‘lib qolsa, u holda, albatta, non va go‘sht ham jam qilinar edi. (Ya’ni, Janob o‘zlari va xonadonlari tanho bo‘lsalar – mehmon bo‘lmasa – u holda go‘sht bo‘lsin yo non bo‘lsin o‘zini tanovul qilar edilar. Takalluf qilib o‘tirmas edilar). Navfal ibn Iyos dedilar: Abdurahmon ibn Avf bizlarga hamnishin edilar. Va nihoyatda yaxshi bir hamnishin edilar. Bir kun bizlar bilan barobar bir yerdan qaytdilar va o‘zlarining uylariga bizni olib bordilar. Borgan zamonlari g‘usl qildilar. Keyin qoshimizga chiqdilar. Huzurlariga katta bir taboqda go‘sht va non keltirildi. Abdurahmon ibn Avf uni ko‘rib yig‘ladilar. Men so‘radim: Nima uchun yig‘layapsiz? Abdurahmon dedilar: Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam dunyodan rihlat qildilar. Va hayotlarining oxirigacha na o‘zlari va na xonadonlari arpa unidan bo‘lgan nonning o‘zidan qorinlari to‘ymaydi. Mening xayolim shuki, Janobdan keyin bizlarning bu nadar ne’matlarga g‘arq bo‘lishimiz bizlar uchun yaxshi bo‘lmasa kerak. Muhammad ibn Sayrin raximahulloh dedilar: Bir kuni bizlar Abu Hurayra roziyallohu anhuning xuzurlarida o‘tirgan edik. Badanlarida ikki adad qizil rangli liboslari bor edi. Ulardan biriga burunlarini tozaladilar, keyin dedilar: ajab-ajab bu kun Abu Hurayra kanap libosga burnini tozalar. Men bir kuni o‘zimni shunday holda ko‘rganmanki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbarlari bilan Oisha roziyallohu anho hujralarining o‘rtasida bexush bo‘lib yiqilib yotar edim. O’tkinchi odam kelib, oyog‘ini bo‘ynimga qo‘yar edi. Va gumon qilar ediki, men jinni bo‘lgan bo‘lsam, holbuki, men jinni emas edim. Ochlikkina meni shu holga solib qo‘ygan edi (Arablar bexush odam hushiga kelsin deb, buyniga oyoqlarini qo‘yadi). Molik bin Danbor roziyallohu anhu dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xech bir vaqt nonga va go‘shtsa ham muborak qorinlari to‘ygan emas. Magar, muborak xonalariga mexmon kelib qolsa, u xolda mexmonlarga yedirmak uchun va ularga iltifotlar qilib tuyulsa, mumkin edi. Download 129.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling