36
П.bob. Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o‘zgartiruvchi omillar.
2.1. Shaxs yo’nalganligi tizimida e’tiqod va dunyoqarash, uning moxiyati
Jahon psixologiyasi ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, xulq-atvorning
muhim motivlaridan biri bo‘lib e’tiqod hisoblanadi. Ba’zi manbalarda unga mana
bunday ta’rif berilgan: e’tiqod- shaxsni o‘z qarashlariga, prinsiplariga,
dunyoqarashiga muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar
tizimidir. Boshqa so‘z bilan aytganda, e’tiqod shaklida namoyon bo‘ladigan
ehtiyojlarning mazmuni- bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar
va ularning muayyan tarzdagi tushunilish demakdir. Bu bilimlar falsafiy, estetik,
tabiiy-ilmiy nuqtai-nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil
etilsa, u taqdirga shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga
muvofiq.
Psixologiya fani dunyoqarashining shakllanish jarayonini tadqiqot qiladi,
ijtimoiy-taraqqiyot hodisalarining to‘g‘ri baholanishini, evolyusion yo‘sinda
tarkib topishini, ahloqiy tamoyillar, didlar yuz berishini, tabiat hodisalariga va
jamiyatning qonuniyatlariga nisbatan qarashlarning shakllanishi qay tariqa yuz
berishini va boshqalarni aniqlaydi.
Ijtimoiylashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham
psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. SHaxs ijtimoiylashuvining eng
asosiy mahsuli - bu uning hayotda o‘z o‘rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi
faoliyatlarda ishtirok etishidir. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning
yo‘nalganligi masalasiga ham fanda katta e’tibor beriladi. Ijtimoiylashuv
jarayonida shaxs faoliyatini yunaltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan
turgun, barqaror motivlar majmuiga ega bo‘lishlik shaxsning yo‘nalganligi deb
ataladi.
Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: