Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
badam uning peshanasini ushlab qo‘yadi. Bir mahal Elchin qattiq ingradi. Chuvrindi 
kaftini uning peshanasiga bosib: 
— Hofiz, ozgina chidang, hozir kasalxonaga yetamiz, — dedi. So‘ng so‘radi: — Hofiz, 
gapimni eshityapsizmi? Men — Mahmudman, javob bering, eshityapsizmi? 
Bir necha nafasdan so‘ng Elchin ingrab javob berdi: 
— Ha... 
— Bek akam o‘ch olmoqchi edilar. Falokat oyoqostidan chiqib qoldi. Buni keyin 
tushuntirib beraman. Hosil o‘lishi shart edi, o‘ldi. Ammo buni hech kim bilmasligi kerak. 
Siz ham unuting. Gapimni eshityapsizmi? — Chuvrindi «bu gap senga ham tegishli» 
deganday Halimjonga bir qarab oldi. — Hofiz, eshityapsizmi? 
Elchin bu safar ham qiynalib «ha» deb qo‘ydi. U Chuvrindining ovozini quduq tubida 
turib eshitayotganday edi. Shu sababli Chuvrindining gaplarini durust idrok qilolmadi. 
— Hofiz, — dedi Chuvrindi, — siz yo‘lda ketayotgan edingiz, bir mashina quvib o‘tib, 
to‘xtadi. Mashinadan tushishingiz bilan sizni otdi. Otgan odamni tanimaysiz. Gapimni 
eshitdingizmi? 
Elchin javob bermadi. U quduq tubiga cho‘kib borar, Chuvrindining ovozi esa tobora 
uzoqlashardi. 
Chala qurilgan imoratlar yonidan o‘tishayotganda Chuvrindi Halimjonga qarab: 
— Hofizni shu yerda tasodifan ko‘rib qolib, mashinangga olding. Boshqa hech narsa 
bilmaysan, — dedi. 
Halimjon ma’qul ishorasini qilib, jim ketaverdi. 
Kasalxona hovlisiga kirishlari bilan mashina to‘xtab, Chuvrindi tushib qoldi. Mashina 
qabul bo‘limi sari yurgach, u asosiy bino tomon yo‘naldi. Kerakli odamni topib, izoh berib 
o‘tirmadi, buyruq qisqa bo‘ldi — u o‘lmasligi kerak! 
Tabiblar, hamshiralar yarador atrofida girdi-kapalak bo‘lishayotganida Asadbekning 
boloxonasidagi telefon jiringladi. Hofizning mashinasini qaerga eltib qo‘yish xususida 
buyruq olgan ikki yigit tezlik bilan yo‘lga tushdi.
4 
«Men senga qasos olish qanaqa bo‘lishini ko‘rsataman. Hozir o‘lishi kerak bo‘lgan odam 
sening ham, mening ham nomusimni bulg‘adi...» 
Asadbek shunday deb ko‘cha eshigiga tikildi. Elchin esa u aytgan gaplarning asl mag‘zini 
chaqish uchun bir unga, bir ko‘cha eshigiga qaradi. Asadbekning shaxsan o‘zi qasos 
olmoqchi bo‘layotgani unga ajabtovur tuyuldi. Bittagina imosiga ilhaq o‘nlab yigitlari 
turganida to‘pponcha yalang‘ochlab, deraza panasida pusib o‘tirishning boisini anglab 
yetishi mushkul edi. 
«O‘lishi kerak bo‘lgan odam kim? —deb o‘yladi Elchin. — Ikkimizning nomusimizni 
bulg‘ashi mumkin bo‘lgan kim ekan? Jamshidmi? U qaytib kelganmi? Uni nima uchun 
o‘ldiga chiqarishdi? Endi chindan ham o‘ldirmoqchimi? Zaynab... demak, o‘shanda to‘g‘ri 
aytgan ekan-da... Men laqma...» 
Zelixon Sochidan telefon qilganidan beri bularning o‘yiniga tushunolmay gangib yurgan 
Elchin yana xalta ko‘chaga kirib dovdiradi. Agar hozir eshik ochilib, Jamshid kirib kelsa-
yu, Asadbek uni otsa... so‘ng... «Chotingda bezing bo‘lsa, bu yuvuqsizni topib o‘zing 
o‘ldirishing kerak edi. Qasoskorman, deb katta ketishni bilasan. Sen erkakmisan, sen — 
dayussan!» deydimi?.. 
Xayoliga daf’atan kelgan bu fikr butun badanini, badani nima ekan, oyoqlarining 
barmoqlarigacha, barmoqlar nima ekan, tirnoqlarigacha muzlatib yubordi! 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling