Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
— Sen-chi? 
Hosilboyvachcha bu savolga javoban xoholab kuldi, bir buralib ilonga aylandi, so‘ng yana 
asliga qaytdi. 
— Kimsan o‘zing, Hosilmisan yo shaytonmisan? 
— Xohlaganing. 
— Hosil bo‘lsang, ayt: Zaynabga tegindingmi? 
— Buni qaynotangdan so‘raysan. 
— Unda ayt: to‘g‘ri, men gunohkorman, jazo olishim tayin. Sen-chi? Gunohlaringning 
cheki-chegarasi yo‘q-ku? 
— Shu yerda ham o‘zbekligingga borasan-a? Yaxshi hamki qiyomatda sen gunoh 
tortuvchi tarozibon bo‘lmaysan. Naq hammaning sho‘rini quritasan! Sen o‘zing uchun 
javob ber. Boshqalar bilan ishing bo‘lmasin! 
U uzoqlasha boshladi. Uzoqdan turib yana ovoz berdi: 
— Hofiz, gaplarimni eshityapsizmi? 
Chuvrindining ovozi unga Hosilboyvachchaniki bo‘lib tuyuldi. 
U uchdi. So‘ngsiz ravishda uchaverdi. 
Dam-badam notanish ovozlarni eshitdi: 
— ...Tampon... tiking... puls... 
Uchib yurishlar nihoyasiga yetib, ko‘zlarini ochdi. 
V b o b 
 
Kesakpolvon shaharga oqshomda kirib keldi. Avval Asadbekni izladi. Keyin Chuvrindini 
yo‘qladi. Ularning qaerga ketganini hech kim bilmadi. Kesakpolvon boloxonadagi 
yigitlarning onasi-yu, opa-singillarini uch-to‘rt sidra «o‘qib» ham xumoridan chiqmagach, 
birining jag‘iga musht tushirib, boshqasini tepib qoldi. Agar Kesakpolvon meduzasifat 
to‘rt qo‘l, to‘rt oyoqli bo‘lib yaralganida edi, boloxonadagi boshqa yigitlar ham uning 
mushti, tepkilaridan bebahra qolishmas edi. Yigitlar «Okaxon, biz bor-yo‘g‘i bir 
poyloqchimiz, Bek akamdan «qaerga ketayotganlarini so‘rashga haqqimiz bo‘lmasa...» 
deb o‘zlarini oqlashdi. Ularda bunday huquq yo‘qligini Kesakpolvon yaxshi biladi. Ham 
bo‘ydan, ham pokiza aqldan qisilgan bu banda jahl yuhosi qo‘zg‘olgan damda tuproqqa 
yaqinlashish lozimligini bilganida edi, alamdan bu tarzda chiqish yo‘lini tanlamagan 
bo‘lardi. 
Abdurahmon tabib uning iltimosini rad etib, ketiga kelishtirib tepgandan battarroq ish 
qildi. Garchi uning uloqchi otlari manzilga yetib bormagan bo‘lsa-da, Kesakpolvon 
xumordan chiqmadi. Asadbek bilan Chuvrindining birgalikda g‘oyib bo‘lgani esa gumon 
o‘tiga moy sepib alanga oldirdi. Bir jussada gumon bilan alam alangasi chirmashar ekan
yigitlarning so‘kish eshitib, musht yoki tepki yeyishlaridan boshqa ilojlari yo‘q. Koshki 
edi, bir tepki-yu musht bilan bu alanga o‘cha qolsa. Yigitlar navbatdagi zarbalarni kutib, 
boshlarini xam qilib turishganida telefon asabiy jiringladi. Aslida telefon odatdagiday 
jiringlagan, ammo jahl torlari tarang tortilib turgan boloxonadagilar uchun shunday 
tuyulgan edi. Yigitlardan biri shoshilganicha go‘shakni ko‘tarib, qulog‘iga tutdi. U: 
— Assalomu alaykum, Mahmudjon aka, — deyishi bilan Kesakpolvon go‘shakni qo‘lidan 
yulqib oldi. 
— Mahmud! — dedi zardali ovozda. «Qayoqda yuribsanlar?» deb so‘ramoqchi bo‘ldi-yu, 
«izlaganimni bilmay qo‘ya qolsin», degan maqsadda tilini tiydi. Uning jimib qolganidan 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling