Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 keldi. Yangi xo‘jayinga tobing bormi yo eskisining orqasidan jiyda-xaltangni ko‘tarib jo‘nab qolasanmi? Kinolarda ko‘rgansan, a? «Xo‘jayinimga sodiqman» deydiganlarning oyog‘idan osib qiynashadimi-ey. Kinodagilar ahmoq, a? Yo sen ahmoqmisan? Sening oyog‘ingdan ossam yarashmas, a? Yo kindigingdan kekirdaginggacha tilib, tuz sepsam, mazza qilasanmi? Qo‘y, bunaqa mazzalar ahmoqlarga atalgan. Sen ahmoq emassan. Kimga sodiq bo‘lmoqchisan? O‘lik odamgami? Xo‘sh, endi gapir, kelishamizmi yo otamlashamizmi? Kesakpolvon uning labidagi sigaretni olib tashladi. G‘ilay yengil yo‘taldi. — Qani, endi gapir-chi? Kesakpolvon pilik olovini uning burniga yaqinlashtirdi. G‘ilayning burnidan chiqib turgan tuklarning uchi kuyib, chayonning nishiday gajak bo‘lib oldi. G‘ilay pastki labini cho‘zib pilik olovini puflab o‘chirdi-da: — Gap yo‘q, kelishamiz, — dedi. — Qoyilman, o‘g‘il bola, — dedi Kesakpolvon zaharli jilmayib. Keyin Bo‘tqaga buyurdi: — Akangning qo‘l-oyog‘ini yech. Qaysi ahmoq bog‘ladi o‘zi buni. Men shunaqa o‘g‘il bolalarga besh ketaman o‘zim. Qani, okasi ko‘zidan, endi ayt-chi, atrofdagi ko‘chaga qancha bola qo‘ygansan? — To‘qqizta. — Ular nimaga tuxum bosib o‘tirishibdi, nimaga yordamga kelishmadi? — Ishora bo‘lgunicha kutishlari kerak edi. Bu yog‘i bunaqa bo‘lib qoldi. — Asadni... o‘ldirmoqchimidilaring? — Bu haqda gapirmovdi. — Unda nimaga keldi? — Menga ish buyurardi, men bajarardim. Men bilan maslahatlashmagan. — Odamlaringning hammasini bir yerga to‘plashing kerak. — Kerak bo‘lsa yarim soatda to‘playman. — Qitmirlari yo‘qmi? G‘alva qilishmaydimi? — Bilmayman. Balki... bu gaplarni aytmaslik ma’quldir ularga? — Qoyilman, kallang g‘ij-g‘ij aql-a, toshib ketmaganiga hayronman, — dedi Kesakpolvon kesatib. — «Xo‘jayin bizlarni Asadbekning ixtiyoriga topshirib o‘zi safarga ketdi», deysan. Qaerga to‘playsan bolalaringni? G‘ilay shahar chetidagi bog‘ni aytdi. — Yo‘q, — deb e’tiroz bildirdi Kesakpolvon. Keyin bir oz o‘ylanib turib o‘ziga ma’qul boshqa yerni aytdi-da, Bo‘tqaga qarab qo‘ydi. Bo‘tqa bu qarashning ma’nosini angladi — demak, o‘sha yer yigitlar bilan o‘rab olinishi kerak. Bo‘tqa «tushundim» deganday bosh irg‘ab qo‘ygach, Kesakpolvon G‘ilayni ko‘cha tomon boshladi: — Yur, endi. Oshni pishiraylik. Tezroq damlamasak, tagiga oladi. Kesakpolvon nozaninni kuzatganday G‘ilayning qo‘ltig‘idan oldi. Katta ko‘chaga chiqishgach, mashina to‘xtadi. — Bolalaringni chaqir, — dedi Kesakpolvon. G‘ilay tushib, uch-to‘rt qadam yurgach, qo‘l silkib qo‘ydi. Ko‘chaning narigi betidagi yigitlardan biri yugurib keldi. G‘ilay unga bir nima degach, u shoshib iziga qaytdi. Bu orada Bo‘tqa Xumkallaga hojasining buyrug‘ini yetkazdi. G‘ilay mashinaga o‘tirgach, Kesakpolvon uning yelkasiga qo‘l tashladi. — Endi akangnikiga kirib o‘taylik. Bola-chaqasi xavotir olmasin, safarga ketganini aytib qo‘yishing kerak. — Aka, bir joyga kirib yuzta-yuzta qilib olaylik, bosh yorilib ketay deyapti, — dedi G‘ilay yalinchoq ohangda. — Boya aytmaysanmi shuni? — dedi Kesakpolvon, so‘ng Bo‘tqaga buyurdi: — ol, anavi yerda ochilgani bo‘lishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling