Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
131 panoh izlardi. Umidlari puch ekanini bilsa-da, g‘oyibdan mo‘’jizali panoh kutardi. Bir donishmand hayotni tumshuq tomoni yirtilib, og‘zi ochilib qolgan etikka o‘xshatgan ekan. Etik och odam kabi og‘zini ochib turgani bilan unga birov taom bermaydi. Aksincha, mensimay tepib o‘tadi. O‘sha etikni baxtga tashna odamga ham o‘xshatish mumkindir... Har holda Zaynabning hayotdan baxt kutishi shu holatni eslatadi. U g‘oyibdan o‘z saodatini kutardi. G‘oyibdan keluvchi «sening baxting otangning nafsi uchun qurbon bo‘lgan», degan sadoni eshitmas, eshita olmas edi. O‘zigina emas, otasi, onasi ham eshitmas, eshita olmas edilar. Chunki g‘oyibning bu kabi ovozlarini hidoyat yo‘lidagilargina eshita olishlari mumkin... Hidoyat yo‘lidagilar esa farzandlari baxtini o‘z nafs-lari yo‘lida qurbon qilmaslar. Zaynab xavotir bilan kutgan kech sel kabi yopirilib kirdi. Mehmonlar tarqalishdi. Manzuraning izni bilan kelinposhshalar yotoqlariga yo‘nalishdi. Kelin ayalarini kuzatgan Zaynab mehmonxonaga qaytib, divanda o‘tirgan onasining yonidan joy oldi-da, erka qizaloq kabi uni quchdi. Ko‘kragiga bosh qo‘ydi. Manzura qizining sochlarini silab, o‘pdi. Kun bo‘yi quyosh eplolmagan yumushni kechki shamol oppa-oson hal qildi: bir ozgina yomg‘ir yog‘ishga imkon bergach, so‘ng bosh ko‘tarib, bulutlarni haydab osmonni tozalab qo‘ydi. Qizining sochlarini silab o‘tirgan Manzura deraza osha osmonga qaradi- yu, yengil xo‘rsinib «Yetqizganingga shukr», deb qo‘ydi. Zaynab boshini ko‘tarib, onasining ko‘zlariga boqdi. Yaratgan Olloh onalarning mitti qalbi, qalbidan-da ko‘ra mittiroq ko‘zlarini o‘ziga xos bir qudrat va ajib mo‘’jiza bilan behad chidamli qilib yaratgan. Agar Tangri taoloning bu mo‘’jizasi bo‘lmasa dunyoga sig‘magan g‘am-tashvish mitti yurakka, yurakdan-da mittiroq ko‘z qorachig‘iga sig‘armidi... Manzura shu paytga qadar ko‘rguliklardan birovga hasrat qilmagan. Aytgandamidi, hasratini eshitgan odam, unga dushmanlik ahdida bo‘lsa ham, achinib, «bundan ko‘ra kelinlik chog‘ingizdayoq eringiz qimorga yutqizib yubora qolsa ming marta yaxshi edi, bunchalik ko‘p azob chekmasidingiz», demog‘i shubhasiz edi. Hozir ham qizi onaning ko‘zlari tubiga yashiringan tashvish vulqonini ko‘rmadi. Onasining yengil xo‘rsinib qo‘yish sababini bilmay: — Hm, oyi? — deb so‘radi. — Yangi Oy chiqibdilar, — dedi Manzura, deraza osha osmonga qarab. — O‘zlariga tinchlar, elga notinch... Xudo saqlasin hammamizni. Manzura shunday degach, qo‘llarini fotihaga ochib, pichirlaganicha uzoq duo qildi. Oy yangilanganida onasining «Yangi Oy chiqibdilar», deb sizlab gapirishi, so‘ng duo qilishi Zaynab uchun yangilik emas. Bunday holatni kichikligidan ko‘raverib, duo faqat hilol ko‘ringanida qabul bo‘larkan, mavhumlikka emas, aynan hilolga topinmoq kerak ekan, degan yanglish o‘yda, u ham ba’zi-ba’zida Xudodan so‘raydiganlarini so‘rab olardi. Hozir ham unsiz ravishda onasiga qo‘shildi. Duodan so‘ng Zaynab onasining savolga tutib qolishidan cho‘chib «U yoqning to‘yi qandoq bo‘larkan, aytib bering», deb qistadi. To‘y manzarasi tushirilgan videokassetaning Moskvada qolgan jomadonlarda ekanini eslagan Manzuraning ko‘ngli xiralandi-yu, ammo parishonligini qiziga sezdirmaslikka intilib, taassurotlari bayoniga berildi. Zaynab xavotir bilan kutgan noxush holatdan shu taxlitda qutulib qoldi. 3 Cho‘lponoy ham, Mushtariy ham ota-onalarining ta’riflariga ko‘ra, «Sovet Ittifoqi» deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling