Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet143/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
qolsammikin, deb turibman. 
— Menimi? 
— Ha-da, tegasanmi, menga? 
— Qo‘ying-e, — Oysanam shunday deb ko‘zini olib qochdi-da, chetga qaragan holda 
piching bilan qo‘shib qo‘ydi: — sizga... onasi o‘pmagan qizlar mahtal bo‘lib turishibdi-ku, 
meni nima qilasiz? 
Kesakpolvon dastlab Oysanamga osilib, muddaoga yeta olmaganida «Men xohladimu 
sen noz qildingmi? Bir marta «gah!» desam, onasi o‘pmagan qizlarning o‘ntasi qo‘limga 
qo‘nadi», degan edi. Oysanamning o‘sha voqeani eslab piching bilan aytgan bu gapi 
Kesakpolvonga nozli hazil bo‘lib tuyuldi. 
— O‘sha gap esingda turuvdimi, yomonsan, sen yomonsan. Bilib qo‘y: seni rostdanam 
yaxshi ko‘raman. Onasi o‘pmaganlardan bo‘lmasang ham o‘zing zo‘rsan. Eringga kuyma. 
U sening tirnog‘ingga ham arzimasdi. 
— Qo‘ying, unaqa demang, bunday gaplarni yer darrov yetkazadi. 
— Yetkazsa yetkazaversin. «Shiltalik qilma», deb eringga ming marta aytganman. 
Shiltaligi boshini yedi. O‘ynashi qamalib ketdimi? Bo‘yniga olibdimi? 
— Yo‘q hali. 
— Ie, ish haligacha cho‘zilib yotibdimi? Akang ham o‘tirgandir? 
— O‘tiribdilar. Ishni endi prokuratura boshidan boshlab ko‘rarmish. 
— Senga aytishdimi, qaerdan bilding? 
— Odam keldi. Hammasini boshqatdan so‘rab chiqdi. 
— Sendan nimani surishtiradi? Sen jabrlanuvchisan, da’vogarsan. Sen «erimning qotilini 
topib berlaring», deb ularning yoqasidan olishga haqlisan. 
— Haqimni bilaman-ku... lekin... u odam sizni ham so‘radi. Asadbek akani surishtirdi. 
— Nima?! Nima dedi? 
— «Eringiz bilan munosabatlari qanaqa edi? Kelib-ketib turisharmidi?» deb so‘radi. 
— Sen nima deding? 
— To‘g‘risini aytdim: kelishmasdi, dedim. 
— Kallang joyida sening. Kelgan odamning oti nima ekan? 
— Esimda yo‘q. 
Kesakpolvon sigareta qoldig‘ini kuldonga ezdi. Jahli chiqqanini yashirmay: 
Aqling oshib-toshib yotibdi-ku, nimaga eslab qololmading? Sen ular bilan mushuk-
sichqon o‘ynama. Agar qotilni topisholmasa, sirtmoqni aylantirib-aylantirib o‘zingning 
bo‘yningga tashlashadi. Keyin yuraverasan voy-voylab, — deb zarda qildi. 
Bu gapdan Oysanam chinakamiga cho‘chib tushdi: 
— Nega menga tashlasharkan sirtmoqlarini? — dedi sarosima bilan. 
— Senga tashlashmay buvingga tashlashadimi? Erini o‘ynashdan qizg‘anib o‘ldirgan yoki, 
to‘g‘rirog‘i, o‘ldirtirgan, deyishadi, tamom! Ha, nimaga dovdirab qolding, bo‘lishi mumkin 
emasmi? Masalan men xuddi shunday deb o‘ylaganman. 
— Unaqa demang. 
— Nega demas ekanman? Dang‘illama uying bor. Sochingning uchidan oyog‘ingning 
tirnog‘igacha tillaga botgandirsan. Endi bunaqa shilta erni boshingga urasanmi? Sening 
o‘rningda bo‘lganimda men ham o‘ldirtirib yuborardim. To‘g‘ri qilgansan. 
— Unaqa demang, — bu safar juvonning ovozi titradi. 
— Demayman. Lekin bunaqa ishda tuhmatga qolish hech gapmas, ehtiyot bo‘l. Yana 
so‘roq qilsa gapingni bilib-bilib ayt. Ha, Yaponiyaga ketayotgan emishsanmi? 
— Hali aniq emas. Bitta ortiqcha yo‘llanma bor ekan... 
— Shunaqami? Senga oshiqcha yo‘llanma ham topila qoladi-ya! Sen uyingda jilmay 
o‘tiraver. Yaponiyani ko‘rging kelayotgan bo‘lsa, men bilan birga borasan. Ho‘sh, endi 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling