Microsoft Word Shomurotov Sobirjon


Muammoning  o'rganilganlik darajasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/67
Sana09.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#259927
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Bog'liq
turistik-rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari

Muammoning  o'rganilganlik darajasi. Turizmni boshqarishning iqtisodiy 

mehanizmini  takomillashtirish  va  bu  sohada  erishgan  yutuqlar,  ijtimoiy-iqtisodiy 

ko'rsatkichlar  ilmiy  tadqiqotlar,  mahsus  adabiyotlarda  juda  kam  o'rganilgan  va 

umuman bu  masalaga  yahshi e'tibor  berilmagan.  Lekin  xorijlik etakchi  olimlar bu 

masalaga  o‘z  etiborlarini  qaratgan.  Masalan,  M.  Kchishnallor,  Mayk  Stavenga, 

R.M.Blomstor,  R.Ol`ge,  Nikolss,  kabi  dunyoning  etakchi  olimlari  o'zlarining 

ilmiy-amaliy  ishlarini  bag`ishlaganlar  va  ilmiy  hulosalari  bilan  sohaning 

rivojlanishiga  hissalarini  qo'shishgan.  hamdo'stlik  mamlakatlari  olimlaridan 

V.I.Azar, 

V.Kistanov, 

A.Yu.Aleksandrova, 

N.S.Bargukov, 

R.A.Braymer, 

A.G.Grabar,  N.Igorova,  I.T.Balabanov  va  yana  boshqa  ko'plab  olimlarning  shu 

sohaga  taalluqli  ilmiy-amaliy  izlanishlari  mavjud.  Bu  mualliflarning  ilmiy-amaliy 

ishlari  turli  vaqtlarda  yozilgan  bo'lib,  ularda  turizm  iqtisodiyoti,  uni  boshqarishni 

tashkillashtirish  kabi  muhim  yo'nalishlarni  nazariy  va  amaliy  nuqtai  nazardan 

yoritib berishga harakat qilingan. 

O'zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishib,  rivojlanish  va  ho'jalik 

yuritishning  bozor  munosabatlari  shakliga  o'tgandan  keyin,  turizm  sohasini 

o'rganish,  tarmoq  rivojlanishiga  bag`ishlangan  ko'plab  ilmiy  ishlar,  maqolalar, 

o'quv-uslubiy ishlar yuzaga kelmoqda. O'zbekiston iqtisodyotida turizmning tutgan 

o'rni, iqtisodiy rivojlanishda turizmning ta'siri, tashkiliy iqtisodiy muammolarining 

ma'lum bir qismi respublikamizning A.F.Saidov, G.G.Nazarova, T.T.Tashmuratov, 

A.Razzoqov,  N.To'xliev,  B.Husanboev,  A.Taksanov  kabi  bir  qancha  iqtisodchi 

olimlari, 

amaliyotchilari 

tomonidan 

o'rganilgan. 

O‘zbekistonda 

turizmni 

boshqarishning  iqtisodiy  mehanizmiga  bag`ishlangan  izlanishlar  respublikamizda 

endi  o'rganilayotgan  yangi  tarmoqdir.  Shuning  uchun  ham  bozor  munosabatlari 

tizimini  respublikamizda  qaror  topishi  va  shakllanib  borishi,  iqtisodiyotning 

muhim  bo'g`inlaridan  biri  hisoblangan  turizmni  boshqarish  va  uning  rivojlanish 

yo`nalishlarini  o'rganish,  tahlil  qilish,  izlanish  olib  borish  va  erishgan  ijobiy 

yutuqlarini  respublikamiz  turizmiga  moslashtirish,  turizm  korxonalariga, 



 

17

turfirmalariga,  hususiy  sektorlarga,  turizm  bilan  shug`ullanuvchi  tashkilotlarga 



tadbiq etishni taqozo etadi. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling