Microsoft Word Shomurotov Sobirjon
Muammoning o'rganilganlik darajasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
turistik-rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari
Muammoning o'rganilganlik darajasi. Turizmni boshqarishning iqtisodiy
mehanizmini takomillashtirish va bu sohada erishgan yutuqlar, ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar ilmiy tadqiqotlar, mahsus adabiyotlarda juda kam o'rganilgan va umuman bu masalaga yahshi e'tibor berilmagan. Lekin xorijlik etakchi olimlar bu masalaga o‘z etiborlarini qaratgan. Masalan, M. Kchishnallor, Mayk Stavenga, R.M.Blomstor, R.Ol`ge, Nikolss, kabi dunyoning etakchi olimlari o'zlarining ilmiy-amaliy ishlarini bag`ishlaganlar va ilmiy hulosalari bilan sohaning rivojlanishiga hissalarini qo'shishgan. hamdo'stlik mamlakatlari olimlaridan V.I.Azar, V.Kistanov, A.Yu.Aleksandrova, N.S.Bargukov, R.A.Braymer, A.G.Grabar, N.Igorova, I.T.Balabanov va yana boshqa ko'plab olimlarning shu sohaga taalluqli ilmiy-amaliy izlanishlari mavjud. Bu mualliflarning ilmiy-amaliy ishlari turli vaqtlarda yozilgan bo'lib, ularda turizm iqtisodiyoti, uni boshqarishni tashkillashtirish kabi muhim yo'nalishlarni nazariy va amaliy nuqtai nazardan yoritib berishga harakat qilingan. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, rivojlanish va ho'jalik yuritishning bozor munosabatlari shakliga o'tgandan keyin, turizm sohasini o'rganish, tarmoq rivojlanishiga bag`ishlangan ko'plab ilmiy ishlar, maqolalar, o'quv-uslubiy ishlar yuzaga kelmoqda. O'zbekiston iqtisodyotida turizmning tutgan o'rni, iqtisodiy rivojlanishda turizmning ta'siri, tashkiliy iqtisodiy muammolarining ma'lum bir qismi respublikamizning A.F.Saidov, G.G.Nazarova, T.T.Tashmuratov, A.Razzoqov, N.To'xliev, B.Husanboev, A.Taksanov kabi bir qancha iqtisodchi olimlari, amaliyotchilari tomonidan o'rganilgan. O‘zbekistonda turizmni boshqarishning iqtisodiy mehanizmiga bag`ishlangan izlanishlar respublikamizda endi o'rganilayotgan yangi tarmoqdir. Shuning uchun ham bozor munosabatlari tizimini respublikamizda qaror topishi va shakllanib borishi, iqtisodiyotning muhim bo'g`inlaridan biri hisoblangan turizmni boshqarish va uning rivojlanish yo`nalishlarini o'rganish, tahlil qilish, izlanish olib borish va erishgan ijobiy yutuqlarini respublikamiz turizmiga moslashtirish, turizm korxonalariga,
17 turfirmalariga, hususiy sektorlarga, turizm bilan shug`ullanuvchi tashkilotlarga tadbiq etishni taqozo etadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling