Microsoft Word sodiq sahobalar qissasi ziyouz com doc


Download 105.29 Kb.
bet4/26
Sana03.02.2023
Hajmi105.29 Kb.
#1155655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
sodiq sahobalar qissasi ziyouz com-converted

JA’FAR ibn ABU TOLIB




Men Ja’farni jannatda ko’rdim.
Qanotlarining old patlari qip-qizil qonga bo’yalgan edi.
Hadisi sharif

Banu Abdumanof qavmidan besh kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga quyib qo’yganday o’xshardi, hatto ayrim ko’rish quvvati zaif kishilar ba’zan ularni Payg’ambar alayhissalom bilan adashtirib ham yuborishardi. Albatta, siz eng yaxshi duoyu salomlarga sazovor Payg’ambarga ikki tomchi suvday o’xshash beshovlonning kimligini bilishga qiziqayotgandirsiz? Keling, ular bilan tanishib chiqaylik.


Ular:
Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdulmuttolib, Payg’ambar janoblarining amakivachchasi, ham emchakdosh birodari.
Qusam ibn Abbos ibn Abdulmuttolib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakivachchasi. Soib ibn Ubayd ibn Abduyazid ibn Hoshim, imom Shofe’iy roziallohu anhuning bobokaloni.
Hasan ibn Ali, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamming nabirasi, beshovlonning ichida oxirzamon payg’ambariga eng o’xshashi.
Ja’far ibn Abu Tolib, amirul mo’minin Ali ibn Abu Tolibning akasi.

Endi esa Ja’farning hayotidan ayrim lavhalar bilan tanishing.


Abu Tolib Quraysh qabilasi ichida eng sharafli kishilardan bo’lishiga, qavmdoshlari orasida benihoya xurmat-extiromga ega ekanligiga qaramay qo’li qisqaroq odam edi. Boz ustiga, bola-chaqasi ham ko’p edi.
Bir yili Makkada qurg’oqchilik bo’lib, qurayshliklarning mol-hollari qirilib ketdi. Hatto ba’zi odamlar o’limtik jonivorlarning sasigan go’shtlarini yeyishgacha borib yetishdi. Ayni chog’da banu Hoshim qavmida Muhammad ibn Abdulloh va amakisi Abbosdan ko’ra to’qroq kishi yo’q edi.
Bir kuni Muhammad Abbosga:

  • Ey amaki, odamlarni qahatchilikdan qiynalib qolganini, ocharchilik ularning sillasini quritib yuborganini ko’rib turibsiz. Akangiz Abu Tolibning bir etak bolasi bor. Yuring, uning oldiga boraylik, bir bolasini siz oling, birini men olay. Unga ko’rsatadigan yordamimiz shu bo’lsin, - dedi.

Abbos jiyanining gapini ma’qulladi. Ular Abu Tolibning oldiga borib:

  • Biz sizning og’iringizni, oz bo’lsa-da, qo’limizdan kelgancha yengillashtirmoqchi edik. To ocharchilik tugab, yaxshi kunlarga yetib olguncha, farzandlaringizdan ayrimlari bizlarnikida yashab tursin, - deyishdi.

Nochor Abu Tolib:

  • Aqiyldan boshqasini oladigan bo’lsangiz, mayli, nima ham derdim, - deb rozi bo’ldi. Muhammad o’zi bilan Alini olib ketdi. Abbosning bolalari safiga Ja’far qo’shildi. Ali

Muhammaddan to Alloh taolo uni hidoyat va haq din bilan elchi qilib yuborguncha ajralmadi. Islom kelgach, Ali yosh bolalar ichida birinchi bo’lib iymon keltirdi.
Ja’far esa amakisi Abbosning uyida o’sdi, ulg’aydi islomga kirdi va mustaqil hayotga qadam qo’ydi. U va xotini Asmo binti Umays islom yo’liga asos solingan ondan ilohiy nurga yo’g’rilgan karvon safiga qo’shilishdi. Ular hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Dorul Arqamda da’vat markazini tashkil qilmaslaridan turib, Abu Bakr Siddiqning nasihati bilan islomni qabul etishdi. Yosh kelin-kuyov boshqa ilk musulmonlar singari qurayshliklar tarafidan ko’p ozor chekishdi. Hamma ko’rguliklarga sabr qildilar, chunki jannat yo’li tikanaklar bilan to’shalgan, musibatu alamlarga to’lib- toshganligi ularga besh panjaday ma’lum edi, lekin ularning va dindosh birodarlarining ta’bini
xiralashtiradigan narsa boshqa edi — qurayshliklar islom shiorlarining oshkora namoyish etilishiga tish-tirnog bilan qarshilik ko’rsatishar, musulmonlarni ibodat lazzatini totib, zavqlanishdan mahrum qilishar, ularni holi-joniga qo’ymas, har qadamini kuzatishar, har nafasini hisoblashardi.
Ja’far ibn Abu Tolib, pichoq suyakka qadalgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib, xotini ikkisiga Habashiston yeriga jo’nayotgan sahobalar bilan birga hijrat qilish uchun izn so’radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mahzun kayfiyatda, noiloj ruxsat berdilar. Shundoq pokiza, olijanob kishilarning hech bir gunohsiz faqatgina "Robbim — Allohdir", deganlari uchun o’z diyorlaridan ajralayotgani, sho’x-shodon bolalik yillari, har lahzasi oltinga teng yoshlik davrlari o’tgan yerlaridan judo bo’layotgani ul zoti bobarakot uchun nihoyatda og’ir edi, lekin ayni damda mushriklarning popugini pasaytirib, tanobini tortib qo’yadigan darajada quvvatga ega emas edilar.

Ja’far ibn Abu Tolib boshchiligidagi ilk muhojirlar Habashistonga kelib, odil va solih podshoh Najoshiyning mamlakatida qaror topishdi. Islomga kirganlaridan beri endi birinchi marta tinchlik mazasini totishdi. Hech kimdan qarshilik ko’rmay, huzur-halovat bilan ibodat qilib, tip-tiniq, musaffo osmon ostida osoyishta yashay boshlashdi.


Ammo Quraysh kattakonlari musulmonlarning bir necha nafari Habashistonga borib, podshohning himoyasi ostida aqida erkinligiga erishib, dinlarida emin ekanligi haqidagi xabarni eshitar-eshitmas, darrov ularni o’ldirib tashlash yoki ulkan qamoqxonaga qaytarish rejasini tuzish uchun kengash chaqirishdi.
Keling, yaxshisi, gapni o’sha voqealarning bevosita guvohi bo’lgan Ummu Salamaga beraylik. Ummu Salama aytadi:

  • Biz Habashistonda qo’shnilarga yolchigan edik. Dinimizda emin bo’lib, Parvardigorimiz Alloh taologa bexavotir ibodat qilardik. Buning uchun birov bizni qiynamas yoki haqoratlamas edi. Buni eshitgan qurayshliklar kengashib, o’zlarining eng ishongan ikki kishisini — Amr ibn Os va Abdulloh ibn Abu Rabiani Najoshiyning huzuriga elchi qilib yuborishdi. Qo’llariga Najoshiy va uning atrofidagi rohiblar uchun habashistonliklar judayam yoqtiradigan, Hijozda tayyorlangan sovg’a-salomlarni tutqazishib, rohiblarga atalgan hadyalarni podshoh bilan suhbatlashishdan oldin topshirishni qattiq tayinlashdi.

Quraysh elchilarining Habashistonga kelib qilgan birinchi ishlari rohiblar bilan uchrashuv bo’ldi.


Ular har bir rohibga alohida sovg’a topshira turib:

  • Podshohingiz tasarrufidagi yerga qabilamizning ahmoq yoshlari makon qurishibdi. Ular ota- bobolarining dinidan qaytgan, qavmining yuziga oyoq qo’ygan sobiylar (dindan qaytganlar). Biz ertaga podshoh bilan ular xususida gaplashib ko’rmoqchimiz. Agar xojangiz sizlarni kengashga chorlasa, qochoqlarni bizning qo’limizga topshirish maslahatini bering. Dinlari haqida surishtirishga yo’l qo’ymang. "Qavmdoshlari ularning diniyu e’tiqodlarining yomonligini bilgani uchun ta’qib qilishyapti", deng, - deb iltimos qilishdi.

Og’zi moylangan rohiblar rozi bo’lishdi. Amr va uning birodari esa Najoshiy bizdan biron kishini chaqirib, so’zimizga quloq tutishi mumkinligini o’ylab ichini it tirnayotganday qattiq xavotirlanishardi.

Ertasiga Quraysh elchilari Najoshiyga sovg’a-salomlarni topshirishdi. Podshoh nodir tortiqlardan niqoyatda xursand bo’ldi. Uning xush kayfiyatidan foydalanib qolmoqchi bo’lgan elchilar shosha- pisha:



  • A’lo hazrat, yurtingizga bizning nodon yoshlarimiz qochib kelishibdi. Ular bizning dinimizdan chiqqan, sizning diningizga kirmagan. Na sizga, na bizga ma’lum bo’lran dinni paydo qilishgan. Toki fitna-fasod avj olib ketmasligi uchun yoshlarimizni qaytarib yuborishingizni so’rab, ularning otalari, amakilari, qarindosh-urug’lari, qavmimiz oqsoqollari bizni huzuringizga jo’natishdi, - deyishdi.

Najoshiy rohiblarning ra’yini bilish uchun ularga savol nazari bilan boqdi. Ular bir-biriga gal bermay:

  • Albatta qaytarib yuboring, hazrati oliylari. Qochoqlarning qanaqaligini qavmdoshlari yaxshi bilishadi, barcha kirdikorlaridan xabardor, shuning uchun bizga ham kasofatlari urib ketmasidan turib, ularni elchilarning qo’liga topshirsangiz, xo’p ma’qul ish bo’lardi, - deb chuqurlashib ketishdi.

Rohiblarning gapidan podshohning achchig’i chiqdi.

  • Yo’q, - dedi keskin,-— xudo haqqi, to ularni chaqirib, ayblarini tekshirib ko’rmaguncha, hech kimga topshirmayman. Agar manavilarning gapi rost bo’lsa, mayli, shular aytgancha bo’la qolsin. Mabodo, yolg’on gapirishgan bo’lsa, men ularni himoyamga olaman, xohlagan yerlarida yashashlariga ijozat beraman.

Najoshiy bizni huzuriga chorlab, odam yubordi. Podshoh bizdan dinimiz to’g’risida so’rashini bilib, yo’lga tushishdan oldin iymonimizni yashirmaslikka, bor gapni ochiq bayon qilishga kelishib oldik va buni Ja’far ibn Abu Tolibga topshirdik. So’ng Najoshiyning qabuliga qarab jo’nadik.


Podshohning o’ngu so’lini rohiblar egallab o’tirishardi. Barchalarining egnida taylason (rohiblar kiyadigan uzun rido), boshlarida xoch surati tushirilgan bosh kiyim, oldilarida diniy kitoblari ochiq turardi. Amr ibn Os va Abdulloh ibn Abu Rabia ham tu yerda edi.
Kutganimizdek, birinchi savol dinimiz to’g’risida bo’ldi.

  • Sizlar qavmingizning dinini tark qilibsiz, mening dinimga kirmabsiz, boshqa bironta xalqning ham mavjud dinini qabul qilmay, o’zingizcha yangi din paydo qilibsiz, deb eshitaman? – so’radi Najoshiy.

Hammamizning nomimizdan Ja’far ibn Abu Tolib oldinga chiqib, javob berdi:

  • A’lo hazrat, biz johil qavm edik. Sanamlarga ibodat qilardik, o’limtiklarni yerdik, hech qanday buzuq ishdan orlanmasdik, qarindoshchilik aloqalarini uzardik, qo’shnichilik haqlariga rioya etmasdik, kuchimiz yetgan odamnmng qonini so’rardik. By hol to Alloh nasl-nasabi ma’lum, to’g’ri so’zligi, omnatdorligi va pokizaligi bilan oramizda mashhur bo’lgan kishini payg’ambar qilib yuborguncha davom etdi. U zot bizlarni Allohni yakka bilishga, yolg’iz ungagina ibodat qilishga, o’zimiz va ota-bobolarimiz shu paytgacha, Allohni qo’yib, sig’inib kelayotgan tosh va butlardan voz kechishga chaqirdi. U bizni rostgo’ylikka, omonatdorlikka, qarindosh-urug’ va qo’ni-qo’shnilar bilan xushmuomala bo’lishlikka, harom ishlarga qo’l urmaslikka, qon to’kmaslikka o’rgatdi. Buzuqliklardan, yolg’on so’zlashdan, yetimlarning molini nohaq yeyishdan va pokiza ayollarni haqorat qilishdan qaytardi. Allohning yolg’iz o’zigagina ibodat qilib, unga aslo shirk keltirmaslikka, namozni to’la-to’kis o’qishga, sadaqotlar berishga buyurdi. Biz uni haq payg’ambar ekanini tasdiqlab, iymon keltirdik, Alloh tarafidan buyurilgan ishlarda unga ergashdik, halol deganini halol deb, harom deganini harom deb qabul qildik.

Shuning uchun, janobi oliylari, qavmimizning bizga nisbatan adovati kuchaydi. Dinimizdan voz kechib, butlar ibodatiga qaytishimizni talab qilib, ko’p aziyatu ozorlar berishdi. Zulmu bedodlik, tazyiq nihoyatda avj olib, jonimiz haqildoqqa kelgach, sizning yurtingizga hijrat qildik. Sizni boshqalardan afzal bilib, panohingizga qochib keldik va hamon himoyangiz ostida zulm ko’rmaymiz, deb umid qilamiz.
Najoshiy Ja’fardan so’radi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling