Microsoft Word sodiq sahobalar qissasi ziyouz com doc


Download 105.29 Kb.
bet19/26
Sana03.02.2023
Hajmi105.29 Kb.
#1155655
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
sodiq sahobalar qissasi ziyouz com-converted

ZAYDUL ХOYR




Senda Alloh va Rasuli yoqtiradigan ikki xislat bor: vazminlik va halimlik.


Muhammad Rasululloh

Odamlar go’yo konga o’xshaydilar. Ularning johiliyatdagi yaxshilari, agar dinni to’g’ri tushunsalar, islomda ham yaxshi inson bo’ladilar.


Sizning e’tiboringizga sodiq sahobalardan birining hayotidan ikki lavhani havola qilamiz. Avvalgi manzarani johiliyat qo’li chizgan bo’lsa, keyingisi islom barmoqlari ila vujudga kelgan. Bu sahobiyni johiliyat odamlari "Zaydul Хoyl" (Otlarning Zaydi) deb atashardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni "Zaydul Хoyr" (Yaxshilik Zaydi) deb nomladilar.
Birinchi voqea adabiyot kitoblarida mavjud. Ash-Shayboniy banu Omir qabilasidan bo’lgan bir shayx tilidan hikoya qiladi:

Ocharchilik ommaviy tus oldi. Qabiladoshlarimizdan bir kishi oilasi bilan Hiyraga (Iroqdagi Najaf va Ko’fa o’rtasidagi shahar) ko’chib, ketdi. Shaharga kirib kelgach, xotin bola-chaqasiga:

  • Meni shu yerla kuting. Qaytgunimcha hech qayoqqa jilmang, — deb tayinladi.

O’zi esa yoki oilasiga oziq-ovqat topib kelishga, yoki shu yo’lda o’lib ketishga ahd qildi. So’ng qolgan-qutgan non burdalaridan olib, shahardan chiqib ketdi. Kun bo’yi yo’l yurib, qorong’u tushganda bir chaylaga ko’zi tushdi. Chaylaning yonida toy bog’lanib turardi. Kishi o’zicha "Bu mening birinchi o’ljam", deb qo’ydi. Sekin borib, arqonni yecha boshladi. Тoyni endi minmoqchi bo’lib turganda, "Unga tegma, joningdan umiding bo’lsa, tuyog’ingni shiqillat", degan yo’g’on ovozni eshitdi. O’takasi yorilayozgan kishi juftakni rostlab qoldi.
Musofir yetti kun yo’l yurib, quyosh botar zamon kattakon marohni (tuyalar turadigai joy) va uning yonida bu yerda yashovchilar boy-badavlat ekanini ko’rsatib turuvchi gumbazli chodirni ro’parasidan chiqdi. U "Marohda tuya, chodirda odam bo’lishi kerak", deb fikr yuritdi. Asta kelib, chodir ichiga mo’raladi. Ichkarida munkillagan chol o’tirardi. Musofir sezdirmasdan bir chetga yashirinib oldi. Quyosh botib, ozgina vaqt o’tgandan so’ng oyoqlari uzun, zotdor otga mingan qad- qomati kelishgan, basavlat bir chavandoz ikki xizmatkori bilan tuyalar uyurini haydab keldi. Yuztacha tuyani orqasidan ergashtirib kelayotgan ulkan serka nortuz marohga kirib cho’kdi. Qolgan tuyalar ham uning atrofiga cho’kishdi. Shunda otliq xizmatkorlaridan biriga:

  • Anavini sog’ib, sutini shayxga olib kir, — deb semiz tuyaga ishora qildi.

Хizmatkor chodirga bir kosa to’la sut sog’ib kirdi. Idishni shayxning oldiga qo’yib, o’zi tashqariga chiqib ketdi. Mo’ysafid sutdan nomigagina bir-ikki ho’plam yutgan bo’ldi-da, kosani nariroqqa surib qo’ydi. Musofir aytadi:

  • Men sharpa chiqarmasdan emaklab bordim. Kosani qo’limga olib, bir ko’tarishda bo’shatdim va yana qaytib joyimga yashirinib oldim. Choldan xabar olishga kirgan xizmatkor kosani bo’sh holda ko’rib, otliqqa borib:

  • Ey xojam, u kishi sutni oxirigacha ichibdilar, - deb suyunchiladi.

Chavandoz xursand bo’lib ketdi. Yana bir tuyani sog’ib kirishlikka buyurdi. Хizmatkor xo’jayining aytganini quloq qoqmay bajardi. Chol bu safar ham kosaga shupchaki labini tegizib qo’ydi. Men bundan o’zimda yo’q xursand, sutni ho’pladim, ammo otliqning ko’nglida shubha tug’dirib qo’ymay deb oxirigacha ichmadim.
Chavandoz ikkinchi xizmatkoriga qo’y so’yishni buyurdi. Yangi so’yilgan qo’y go’shtidan taom hozirlandi. Otliq o’z qo’li bilan qariyani to’yguncha ovqatlantirdi. So’ng o’zi va xizmatkorlari taomlanishdi.
Biroz o’tgach, hammalari to’shakka cho’zilib, pinakka ketishdi. Atrofni xurrak tovushi tutdi. Shunda men tashqariga chiqib, to’g’ri marohga bordim. Serka tuyaning arqonini yechib, minib oldim- da, yo’lga soldim. Butun uyur o’rnidan qo’zg’oldi. Тun bo’yi to’xtamasdan yurdim. Тong otgach, atrofni diqqat bilan kuzatdim. Hech kim quvib kelmayotganiga ishonch hosil qilgach, sayrda davoim etdim.
Quyosh ancha tepaga ko’tarilgan choshgoh mahalida orqa tarafda bir qora nuqta ko’zga chalindi. Nuqta tobora yaqinlashib keldi. Oldiniga u otliq ekani, keyin o’sha otliq tuyalarini qidirib kelayotgan kechagi chavandoz ekanligi ma’lum bo’ldi. Men darhol serkani bog’ladim. Sadoqdam o’q chiqarib, kamonga joyladim. O’zim tuyaning oldiga o’tib, jangovar holatni qabul qildim. Chavandoz nariroqda to’xtadi va baland ovoz bilan:

  • Тuyalarni qaytarib ber, — dedi.


  • Download 105.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling