Microsoft Word sodiq sahobalar qissasi ziyouz com doc


Download 105.29 Kb.
bet5/26
Sana03.02.2023
Hajmi105.29 Kb.
#1155655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
sodiq sahobalar qissasi ziyouz com-converted

Sen, payg’ambaringiz Alloh tarafidan keltirgan biron narsani o’qib bera olasanmi?

  • "Xa", - dedi Ja’far va Maryam surasini o’qiy boshladi:

    -"KOF, HA, YO, AYN, SOD. (Ushbu-) Parvardigoringiz O’z bandasi Zakariyoga qilgan marhamatining zikri-qissasidir. Eslang: u Parvardigoriga xufyona duo iltijo qilib, degan edi; "Parvardigorim, darhaqiqat mening suyaklarim mo’rtlashdi, keksalikdan boshim-sochim oqardi. Parvardigorim, men senga duo qilib (hech qachon) noumid bo’lgan emasman" ("Maryam" surasi, 1-4-oyatlar).


    Sura o’rtalariga yetganda Najoshiyning ko’zidan bir necha tomchi yosh sizib chiqib, soqoliga oqib tushdi. Allonimg kalomini eshitgan atrofdagi rohiblar ham o’zlarini tutolmay yig’lashdi. Shunda podshoh bizga qarata xitob qildi:

    • Sizning payg’ambaringiz keltirgan din va Iso olib kelgan ta’limot bir manba’dan nur emganligi

    aniq.
    So’ng Amr va uning sherigiga:

    • Sizlar ketaveringlar, xudo haqqi, men himoyamdagi kishilarning birontasini ham sizning

    qo’lingizga topshirib qo’ymayman, - dedi...
    Najoshiyning qabulidan chiqqanimizda Amr jo’rttaga bizga eshittirib, hamtovog’iga dedi:

    • Allohga qasamki, ertaga podshohga bular haqida shunday xabarni yetkazamanki, uning qalbi nafratga to’lib, pushtipanohlikdan bu bedavolarni ko’rishga ko’zi, otishga o’qi yo’q dushmanga aylanadi va o’zi ularni mamlakatidan dumini tugib yuboradi.

    Abdulloh ibn Abu Rabia uni hovridan tushirmoqchi bo’ldi:

    • Bu fikringdan qayt, Amr. Ular boshqa dinga kirgan bo’lsalar ham qavmdoshlaring...

    Amr uning so’zini bo’ldi:

    • Qo’ysang-chi shu gapingni... Xudo haqqi, men bularning ko’zlarini ochib qo’yaman. Ularning Maryam o’g’li Isoni oddiy banda deyishlarini podshohga yetkazsam, ana unda tomoshani ko’raver...

    Ertasi kuni Amr Najoshiyning oldiga kirib:



    • Janobi oliylari, siz boshpana berib, himoyangizga olgan odamlar Maryam o’g’li Iso qaqida juda boshqacha gaplarni gapirishadi. Ishonmasangiz, ularni chaqirtirib, surishtirib ko’rishingiz mumkin,—dedi.

    Ummu Salama aytadi:

    • Podshoh bizni imtihon qilish uchun chaqirayotganini eshitib, qattiq tashvishga tushdik. Najoshiy bizdan Maryam o’g’li Iso haqida so’rab qolsa, nima deymiz? Biroz maslahatlashgach, bir to’xtamga keldik. Iso haqida faqat Alloh aytgan so’zlarni aytamiz, payg’ambarimiz keltirgan xabarlarni o’z- o’ziday yetkazamiz. Keyin, nima bo’lsa bo’lar. Boshga tushganni ko’z ko’radi.

    Bu safar ham podshoh bilan gaplashishni Ja’far ibn Abu Tolibga topshirib, saroyga yo’l oldik.
    Qabulgohda rohiblar tunov kungiday holatlarida o’tirishar, Amr ibn Os ham, uning sherigi ham shu yerda hoziru nozir edilar. Biz hali nafasimizni rostlab ulgurmasimizdan Amr:

    • Siz Maryam o’g’li Iso haqida nima deysiz? - deb savol tashladi. Ja’far ibn Abu Tolib javob berdi:

    • Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam nima desalar, biz ham shuni deymiz!

    • Payg’ambaringiz nima deydi?— so’radi Najoshiy.

    • U kishi aytadilarki: Iso Masih — Allohning bandasi va rasuli, Uning bokira Maryamga yetkazgan so’zi hamda Uning tomonidan bo’lgan ruh sohibidir.

    Bu javobni eshitgan Najoshiy tizzasiga urib, o’rnidan turdi-da:

    Ochiqchasiga e’tiroz bildirishga jur’at etolmagan rohiblar norozilarcha shivirlashga tushishdi.

    Download 105.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling