Microsoft Word soliha ayollar ziyouz com doc


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/55
Sana05.01.2022
Hajmi154.05 Kb.
#232299
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar

www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

Zaytuna 



(quddisa sirruho) 

 

Ismi Fotimadir. Abu Hamza, Junayd va Nuriy hazratlarga xizmat qilgan. 



 

Uning shunday degani naql qilinadi: “Qattiq sovuq bir qish kuni Nuriyning huzuriga 

bordim. 

– U bu narsa yeysizmi? – deb so‘radim. 

– Yeyman. 

– Nima olib kelay? 

– Sut va non. 

Bordim va aytganlarini olib keldim. Oldida bir olov yoqilgandi. Uning kullaridan qo‘llari 

qora bo‘lgan edi. Qo‘lini har uzatishda sut bilan kul bir-biriga qorishar edi. Uni bu holda 

ko‘rib o‘z-o‘zimga: “Yo Rabb! Valiylaring buncha kir-chir! Bularning ichida bir pokiza, 

ozodasi yo‘qmikan?” dedim, so‘ng uning huzuridan chiqdim. Bir yerga keldim. Bir ayol 

meni tutib: 

– Shu yerda mening bir kiyim bo‘xcham bor edi, uni sen olgansan, – deya meni 

amirning huzuriga olib bordi (o‘g‘irlikda aybladi). Bundan xabar topgan Nuriy darhol 

kelib, amirning huzuriga kirdi va: 

Buni zinhor ranjitmangiz, bu ayol Haq taoloning valiylaridan biridir, – dedi. 

Amir: 

– Iloji yo‘q, chunki da’vogar undan bir bo‘xcha kaftan (gazmol) xohlayapti, – dedi. 



Shu asnoda eshikda qo‘lida yo‘qolgan bo‘xchani ko‘targan bir joriya (xizmatchi ayol) 

ko‘rindi va: 

– Uni qo‘yib yuboringlar, mana bo‘xcha bilan liboslarni topdim, – dedi. 

Shundan so‘ng meni amirning huzuridan olib chiqdi va bunday dedi: 

– Agar yana bir marta: “Yo Rabb! Sening valiylaring buncha kir-chir!..” deydigan 

bo‘lsang, jazosi bundan battar bo‘lur. 

Tavba qildim, zinhor bunday demayman. Tavba qildim, – dedim”. 

 


Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling