Oti noma’lum bir ayol
(quddisa sirruho)
Boyazid Bistomiy (quddisa sirruho) hazratlaridan so‘radilar: “Shayxingiz kim?” Aytdi:
“Bir xotindir”. “Ne vajh ila? (Qanaqasiga?)” – dedilar. “Bir kuni vajd va tavhid shavqi
bilan sahroda ketar edim. Bir xotinga duch keldim. Bir qop uni bor edi. “Shuni eltgin”,
dedi. Mening kuchim yetmas, deb bir arslonga ishorat qildim, qopni unga yukladim.
Ammo karomatim izhoridan qo‘rqib, xotinga dedimki: “Bozorga yetgach, kimni ko‘rdim
deysan?” “Zolim va ra’no (o‘ziga bino qo‘ygan) Boyazidni ko‘rdim”, degayman”. “Nega?”
dedim. “Bu arslonni Alloh yuk uchun yaratdimi? Nega unga yuk yuklatursan? Sen
istaysanki, shahar xalqi sening arslonga yuk ortganingni ko‘rsinlaru, seni sohibi karomat
desinlar, shundaymi? Ey Boyazid! Bu ishing zolimlik va o‘ziga bino qo‘yishlik emasmi?”
“Ore, zolimlik va o‘ziga bino qo‘yishlik”, deb yig‘ladim. Tavba qildim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |