Microsoft Word статистика лотин 14. doc


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/81
Sana15.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1775174
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
statistika (156)

 
 
Kelgusi davr reja miqdori x 100 
Runm = ------------------------------------------------; 
 
Bazis davr haqiqiy miqdori 
Misol: Korxona bu yil 12000 tonna mahsulot ishlab chiqargan. 
Kelasi yil mahsulot ishlab chiqarishni 12400 tonnaga yetkazish 
rejalashtirilgan. Demak korxona mahsulot ishlab chiqarishni
12400 x 100
103 % (------------------) qilib rejalashtirmoqda, erishilgan 


31 
12000
natijaga nisbatan 3% oshirish rejalashtirilgan. Reja o‘sishi va reja 
bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar ko‘pincha foizlarda aniqlanadi. 
Chunki bazis nisbiy miqdor (maxraj) 100 % deb qabul qilinadi va 
shunga nisbatan rejaning o‘sishi yoki rejaning bajarilishi hisoblanadi. 
Shartnoma (buyurtma) bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar 
(Shbnm) o‘zaro kelishilgan shartnomalarning qay darajada bajarilganini 
bildiradi. Bu ko‘rsatkichni muayyan davrdagi haqiqiy bajarilgan 
miqdorni shartnomada (buyurtmada) ko‘rsatilgan miqdor bilan taqqoslab 
ko‘riladi. Shbnm ko‘pincha foizlarda aniqlanganligi uchun, uni 
quyidagicha hisoblanadi. 
Haqiqiy bajarilgan miqdor x 100 
Shbnm = ---------------------------------------------------------------- 
Shartnomada (buyurtmada) ko‘rsatilgan miqdor 
Bu ko‘rsatkich ham xalq xo‘jaligi tarmoqlarida juda ko‘p 
qo‘llanadi. Chunki tarmoq korxonalari o‘zaro mahsulot yetkazib berish 
uchun har yili shartnoma tuzadilar. Yil davomida bu shartnomada 
ko‘rsatilgan shartlar qanday bajarilayotganligini nazorat qilib borish 
zarur. Qishloq xo‘jalik korxonalari davlatdan paxta va boshqa 
mahsulotlarni sotish bo‘yicha davlat buyurtmasini oladi. Bunda ham 
belgilangan davlat buyurtmasining haqiqiy bajarilishini ma’lum 
muddatlarga taqqoslab borish zarur. 
Misol: Qishloq xo‘jaligi shirkati ushbu yilda davlatga 8500 tonna
paxta sotish bo‘yicha buyurtmaga kelishgan. Xo‘jalik shu yil 26 
oktyabrga 8200 tonna paxta sotgan. Demak, buyurtmani
8200 x 100 
96,5 % (-------------------) bajargan. 
8500 
Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishining tendensiyasini 
bilish uchun ularni bir necha davr davomida kuzatish lozim. Bunday 
kuzatish dinamika nisbiy miqdor natijasida aniqlanadi. 
Dinamika nisbiy miqdorda (Dnm) ko‘rsatkichning hisobot 
davridagi miqdori (mutloq yoki o‘rtacha) shu ko‘rsatkichning o‘tgan 
davrdagi miqdorlariga nisbati bilan topiladi. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling