Microsoft Word статистика лотин 14. doc


to‘plamning I qismi to‘plamning II qismi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/81
Sana15.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1775174
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Bog'liq
statistika (156)

to‘plamning I qismi to‘plamning II qismi 
Knm = ------------------------------- yoki ------------------------------- 
To‘plamning II qismi to‘plamning I qismi 
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari shahar va qishloq aholisi, ayol va 
erkaklar, tovaroborot hajmidagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar 
guruhi, oshxonalardagi o‘z ishlab chiqargan va sotib olgan 
mahsulotlarning nisbati kabi ko‘rsatkichlarni ifodalashi mumkin. 
Misol: Korxonada barcha xodimlar soni 80 kishini tashkil etadi
shu jumladan ishchilar soni 65 ta kishi ma’muriy- boshqaruv xodim 15 
kishi; Korxona ma’muriy-boshqaruv xodimlarining ishchilar soniga 
nisbatini aniqlaymiz : 
15 x 100 
Knm = ---------------- = 23 % 
65 
Demak korxona rahbariyati ishchilarga nisbatan 23 foizini tashkil 
etar ekan.
Taqqoslash nisbiy miqdorlari (Tnm) turli ob’ekt yoki xududlarga 
taaluqli mohiyati bir xil xodisa, jarayonlarni o‘zaro nisbati bilan 
taqqoslaydi. Bunda mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
xududlarning katta-kichikligi taqqoslamasi, tarmoqlardagi mehnat 
unumdorligi, hosildorliklarni taqqoslash va shu kabilar misol bo‘ladi. 


35 
“Mutloq va nisbiy miqdorlar” mavzusi bo‘yicha 
tayanch iboralar 
 
1. Mutloq miqdorlar - xodisa va jarayonlarni ifodalovchi sonlardir. 
2. Yakka mutloq miqdorlar - boshlang‘ich hisob va kuzatish 
hujjatlarida qayd qilingan, to‘plamning har bir birligini ifodalovchi 
miqdordir. 
3. Umumiy mutloq miqdorlar - to‘plamning yig‘indisini 
ifodalovchi miqdordir. 
4. Nisbiy miqdorlar - ikkita va undan ko‘proq miqdorlarni 
taqqoslab, bo‘lish natijasida olingan hosilaviy miqdorlardir.
 
«Mutloq va nisbiy miqdorlar” mavzusi bo‘yicha 
SAVOLLAR 
 
1. Mutloq miqdorlar moxiyati va ahamiyati. 
2. Yakka mutloq miqdorlar nimaga aytiladi. 
3. Umumiy mutloq miqdorlar nimaga aytiladi. 
4. Natura o‘lchov birliklaridagi miqdorlar; 
5. Kompleks o‘lchov birliklarida ifodalangan miqdorlar 
6. Nisbiy miqdorlar moxiyati va ifodalanishi.
7. Reja o‘sishini ifodalovchi nisbiy miqdori (Runm); 
8. Reja bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar (Rbnm); 
9. Dinamikani ifodalovchi nisbiy miqdorlar (Dnm); 
10. Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar 
11. Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdorlar; 
12. Tarkibiy nisbiy miqdorlar (Tnm); 
13. Intensiv nisbiy miqdorlar (Inm); 
14. Koordinatsiya nisbiy miqdorlar (Knm); 
15. Taqqoslash nisbiy miqdorlar (Tnm). 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling