Microsoft Word статистика лотин 14. doc


 Mavsumiylik, interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/81
Sana15.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1775174
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Bog'liq
statistika (156)

8.5. Mavsumiylik, interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya 
 tushunchalari mohiyati 
Dinamika qatorlar darajalariga mavsum katta ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. Bu holat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va ularni 
qayta ishlovchi korxonalar ma’lumotlarida, qish va yoz oylarida 
elektrenergiya, gaz, suv harajatlarida. Statistika mavsumiylik deganda 
yil ichidagi o‘zgarish tushuniladi. Mavsumning dinamika qatorlar 
darajasiga ta’sirini aniqlash maqsadida mavsumiylik indeksidan 
foydalaniladi. 
Mavsumiylik indekslari haqiqiy ma’lumotlar asosida yoki 


97 
sirg‘anma, tekislash ma’lumotlari asosida ham hisoblanish mumkin. 
100
x
Д
Д
J
i
мав
=
yoki
100
.
x
Д
Д
J
ot
i
t
мав
=
Mavsumiylik 
indeksi 
ishonarli 
bo‘lishi 
uchun 
dinamika 
qatorlarning uch yillik ma’lumotlari (oylar bo‘yicha) olinadi. Demak 
mavsumiylik indeksida oylar bo‘yicha hisoblangan o‘rtachaning uch 
yillik umumiy o‘rtachaga nisbati foizlarda olinadi. 
Interpolyatsiya deyilganda dinamika qatorlar orasidagi noma’lum 
darajani aniqlash tushuniladi. Noma’lum darajani aniqlash danamika 
qatorlar qanday tuzilganiga qarab, quyidagi usullarning biri bilan 
aniqlanadi: 
- noma’lum darajaning ikki yonidagi raqamlar o‘rtachasini 
hisoblash bilan; 
- qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha mutloq o‘zgarish (o‘sish 
yoki kamayish) ko‘rsatkichlari bilan; 
- qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish sur’atlari 
ko‘rsatkichlari yordamida. 
Statistikada dinamika qatorlarni o‘rganishning asosiy maqsadi 
xodisalarning o‘zgarish asosiy tendensiyasini aniqlash bilan birga
ularning kelajakda qanday bo‘lishini bashorat qilishdir. Dinamika 
qatorlarning kelajak davr yoki perspektiv darajalarini bashorat (prognoz) 
qilish ekstrapolyatsiya deyiladi. Bashorat qilish uchun xodisalarning 
katta dvrdagi haqiqiy darajalari dinamika qatorlari o‘rganib chiqiladi. 
O‘zgarishlarning turlicha bo‘lganligi sababli, ekstrapolyatsiyada ham 
har xil usullar qo‘llanadi. 
Agarda dinamika qatorlarda mutloq o‘sishlar doimiy va bir xil 
darajada bo‘lsa, unga o‘rtacha arifmetik usulda o‘rtacha mutloq o‘sishni 
topib, bu qiymatni dinamika qatorlar oxirgi darajasiga ekstrapolyatsiya 
qancha davrga mo‘ljallanganiga qarab, qo‘shib beriladi. 
Agarda o‘rganilayotgan dinamika qatorlarda o‘sish koeffitsiyentni 
doimiy harakterga ega bo‘lsa, uning o‘rtacha o‘sish koeffitsiyentini 
hisoblab, dinamika qatorlar oxirgi darajalarini bu o‘rtacha o‘sish 
koeffitsiyentiga ko‘paytirib, bashorat qilinadigan davrlar darajalarini 
aniqlash mumkin. 
Xodisa va jarayonlar doimo o‘zaro bog‘lanishda mavjud. 
Dinamika qatorlarni o‘rganganda, bir ko‘rsatkichlarning ikkinchisi bilan 
bog‘liqligi aniqlanadi. Shuning uchun dinamika qatorlari darajasini 


98 
boshqa unga bog‘liq ko‘rsatkich o‘zgarish aniq bo‘lsa, unga asosan 
ekstrapolyatsiya qilish mumkin. Misol, xududda bolalarning tabiiy 
o‘sish sur’ati t davrgacha aniq bo‘lsa, bolalarning o‘sishi va ular 
iste’mol qiladigan mahsulot o‘rtasidagi bog‘lanish asosida, t davrgacha 
bolalar iste’moli uchun zarur bo‘ladigan mahsulotmiqdorini bashorat 
(ekstrapolyatsiya) qilish mumkin. 
Dinamika qatorlarni analitik tekislash usullaridan foydalanib, ham 
ekstrapolyatsiya qilish mumkin. 
Iqtisodiy bashoratda qanday usulni qo‘llash, dinamika qatorlar 
xususiyatiga bog‘liq, Lekin har safar dinamika qatorlarni chuqur 
o‘rganmasdan, 
ulardagi 
o‘zgarishlarni 
o‘zgarishlarning 
umumiy 
yo‘nalishini aniqlamasdan, ekstrapolyatsiyani amalga oshirish mumkin 
emas. 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling