Microsoft Word tbc stars qoidalari va shartlari


Download 234.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi234.42 Kb.
#1623593
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tbc-stars-referral-terms-uz-01092022

5. MUKOFOTLASH TARTIBI 
5.1. Dasturning pul mukofoti 100 000 (yuz ming) soʻm deb belgilangan.
5.2. Mukofot puli Ishtirokchining joriy yoki karta hisobvaragʻiga Dasturning barcha shartlari bajarilgan vaqtdan 
boshlab 5 ish kunidan kechiktirmagan holda oʻtkaziladi. 
5.3. Ishtirokchi pul mukofotini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan barcha maqsadlar 
uchun sarflashi mumkin. 
5.4. Taqdim etilgan pul mukofotiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 369-moddasi, 2-
qism, 14-bandiga muvofiq soliq solinmaydi.
5.5. Bank har bir Ishtirokchini pul mukofoti haqiqatda oʻtkazilganligi haqida SMS-xabar va/yoki Ilovadagi 
Push-xabar yordamida ma’lum qiladi.
6. ISHTIROKCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
6.1. Ishtirokchi quyidagi huquqlarga ega:

Dastur haqida toʻliq hajmda va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda ma’lumotlarni olish;

Ushbu Qoidalarga muvofiq pul mukofotini olish.
6.2. Dasturda ishtirok etish avtomatik ravishda mazkur Qoidalar bilan Dastur ishtirokchilarining tanishib 
chiqqanini va toʻliq roziligini anglatadi. Bank mijozi havola yoki promokodni yuborishi orqali doʻstlarini 
taklif qilib, ushbu Qoidalarga va Dastur shartlariga rozilik bildiradi. 
6.3. Bank xavf va suiiste’mollik bilan bogʻliq xatti-harakatlarni tekshirganidan soʻng Mijoz mukofot pulini 
olish huquqiga ega. Shu bilan birga, agar Bank oʻz Mijozining noqonuniy, shubhali va/yoki firibgarlik 
xatti-harakatlarini amalga oshirayotgan deb hisoblasa, Bank mukofot pulini toʻlashdan oldin yoki 10 (oʻn) 
kun ichida istalgan vaqtda Mijozga ushbu qoidalar shartlarini bajarilishini rad etish huquqini oʻzida saqlab 
qoladi.
6.4. Biroq, Bank: har bir holatda, agar u oʻzining oqilona fikriga koʻra, Mijozning xatti-harakatlari ushbu 
Qoida va Shartlarga zid va/yoki Mijoz Dastur shartlaridan notoʻgʻri foydalanayotgan yoki biron-bir tarzda 
uni suiiste’mol qilayotgan deb hisoblasa, (a) har qanday toʻlovni qaytarib olishi; (b) Mijozning Dasturda 
ishtirok etishini yoki mukofot pulini talab qilishini taqiqlashi; (c) Mijozning kelajakda aksiyalar va 
oʻyinlardagi ishtirokini bloklashi; va/yoki (d) Mijozning hisobini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. 
Bu oʻz ichiga quyidagilarni oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi: 
(i) bir nechta hisob ochish; 
(ii) roʻyxatga olish vaqtida yolgʻon ma’lumotlar taqdim etish; 
(iii) har qanday kodlarni ijtimoiy tarmoqlarda, veb-saytlarda, qidiruv tizimlarida yoki ommaviy ma’lumot 
taqdim etishning istalgan shakli orqali ommaviy ravishda taqdim etish; 
(iv) haqiqiy hisob egasi nomidan harakat qiluvchi uchinchi shaxslarga foydalanish uchun ruxsat berish; 
(v) kredit olinganidan keyin dastlabki 5 (besh) kun ichida Taklif etilgan foydalanuvchi tomonidan kreditni
muddatidan oldin soʻndirish. 



Download 234.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling