Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Soliqqa oid qonunbuzilishning oldini olish


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

7.3. Soliqqa oid qonunbuzilishning oldini olish 
tadbirlarining samaradorligini oshirish 
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash jarayonlarining amaldagi holatini tahlil 
qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, respublikamizda bu boradagi 
qonunbuzarliklar, asosan, qo‘shilgan qiymat solig‘i, yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘i va aksiz solig‘ini to‘lash jarayonida uchramoqda. 
2007 yilning 1 yanvar holatiga, davlat byudjetiga o‘z vaqtida undirilmagan 
soliqlarning 38,7 foizi qo‘shilgan qiymat solig‘ining hissasiga, 16,0 foizi 
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hissasiga, 12,1 foizi esa aksiz 
solig‘ining hissasiga to‘g‘ri keldi.
82
Agarda Rossiya Federatsiyasida o‘z 
vaqtida undirilmagan soliq to‘lovlarining tarkibiga nazar solsak: korxona 
foydasidan olingan soliq – 43,0 foiz, qo‘shilgan qiymat solig‘i – 28,4 foiz, 
yo‘l fondiga ajratmalar – 6,7 foiz, fuqarolardan olinadigan daromad solig‘i 
– 3,7 foiz, aksizlar – 1,2 foizni tashkil etgan.
83
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, davlatga soliqlarni to‘lashdan bo‘yin 
tovlash natijasida etkazilgan zararlarning asosiy qismi qo‘shilgan qiymat 
solig‘i va yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqlarning 
hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa, davlat byudjeti daromadlarining 
shakllanish jarayoniga bevosita va kuchli salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi, 
chunki mazkur soliq turlari bo‘yicha tushumlar summasi davlat byudjeti 
daromadlarining umumiy hajmida sezilarli salmoqni egallaydi. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha zararlar 
summasining katta ekanligi soliq nazoratini etarli darajada 
takomillashmaganligidan dalolat beradi.
82
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining joriy va yillik hisobot ma'lumotlari asosida hisoblangan. 
83
Кучеров И.И. Налоговые преступления. –М.: “Юринфор», 1997. С.40 


321
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, soliq to‘lashdan bo‘yin 
tovlashning quyidagi 2 usuli juda keng tarqalgan: 
a) tovar tannarxini asossiz ravishda oshirib ko‘rsatish; 
b) sotilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlardan 
olingan tushum summalarini yashirish. 
Mazkur usullardan birinchi navbatda yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashda keng 
foydalanilmoqda. Bu esa, davlat byudjetiga jiddiy zarar etkazadi. 
Chunki qo‘shilgan qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘i davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmida sezilarli 
darajada yuqori salmoqni egallaydi. Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i 
O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti daromadlarini 
shakllantirishning barqarorlik xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy 
manbalardan biri hisoblanadi. 
Qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq amaliyotidagi 
holatlar shuni tasdiqlaydiki, masalan, Fransiyada qo‘shilgan qiymat 
solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari juda keng tarqalgan bo‘lib, 
bu pirovard natijada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash miqyosini yalpi 
milliy mahsulotning 2 foizini tashkil etadigan darajada kengayishiga olib 
keldi.
84
Shvetsiyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning darajasi yalpi milliy 
mahsulotning 5 foizini tashkil etadi. Bunda soliq yukini shakllanishiga 
ta’sir etuvchi asosiy soliqlar bo‘lib qo‘shilgan qiymat solig‘i va 
korxonalar foydasidan olinadigan soliq hisoblanadi.
85
Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha majburiyatlarni 
bajarishdan bo‘yin tovlashning keng tarqalgan usullariga quyidagilar 
kiradi: 
1) Sotilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni hisob-varaq faktura bilan 
rasmiylashtirmaslik. 
Mazkur usuldan foydalanish soliq to‘lovchilarga tovarlarni sotish 
bilan bog‘liq xarajatlarni korxonaning buxgalteriya hisobida aks 
ettirmaslik va buning natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lamaslik 
imkonini beradi. Agar sotilgan tovarlar hisob-varaq fakturadan 
foydalanish yo‘li bilan rasmiylashtirilganida edi, unda qo‘shilgan qiymat 
84
Sauvageot G. Precis de fiscalite. – Nathan, 1990. p. 109 
85
Am P. La fiscalite en France. –Hachette, 1998, p. 186 


322
solig‘i summasini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirmaslik mumkin 
bo‘lmay qolar edi. 
2) Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq 
imtiyozlaridan noqonuniy tarzda foydalanish hollari ko‘plab uchraydi.
Soliq yukini kamaytirish, yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, davlat 
byudjetining daromad qismiga kelib tushadigan soliq tushumlarini 
o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, lekin soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash 
hollariga butunlay barham berish imkonini bermaydi. Bunga yorqin 
misol qilib, Shveytsariya soliq amaliyotini olish mumkin. 
Shveytsariyada qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalardan 
olinadigan daromadlar nisbatan belgilangan soliq stavkalarini 35 
foizgacha kamaytirilishi ushbu daromadlarni soliq deklaratsiyalarida 
to‘g‘ri ko‘rsatilishiga olib kelmadi.
86
Demak, qator rivojlangan mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i 
bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlash soliqqa oid 
qonunbuzilishlarning asosiy shakli hisoblanadi. Shu sababli, ularning 
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlash usullaridan 
foydalanish tajribasini o‘rganish amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha sotilgan 
mahsulotning tannarxini atayin oshirib ko‘rsatish, mahsulotlarning bir 
qismini naqd pulga sotish va tushumni kassaga kirim qilmaslik ushbu 
soliq turi bo‘yicha soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning keng tarqalgan 
usullaridan hisoblanadi. 
Shunisi xarakterliki, oxirgi yillar mobaynida QQS, yuridik 
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, aksiz solig‘i 
bo‘yicha soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullarining sonini kamayish 
tendensiyasi yuzaga keldi. Bu esa, ijobiy holat hisoblanadi. 
Mamlakatimizning soliq amaliyotida tushumni kamaytirib 
ko‘rsatish, mahsulot tannarxini asossiz ravishda oshirib ko‘rsatish va 
naqd pullardagi tushumni kassaga kirim qilmaslik usullari soliq 
to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy usullari hisoblanadi. Buning asosiy 
sababi, shundaki, birinchidan, mahsulotlarning sezilarli qismi naqd 
pullarga sotiladi, naqd pullar soliqdan qochishning qulay vositasi 
hisoblanadi; ikkinchidan, mahsulotlarning tannarxini asossiz ravishda 
oshirib ko‘rsatish yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bazasini 
86
Hofer A. La fraude fiscale en Suisse. –Editions Grounauver. Geneve, 1978. p. 141 


323
qisqarishiga olib keladi; uchinchidan, tushumni kamaytirish to‘g‘ri va 
egri soliqlar summasining kamayishiga olib keladi. 
Soliq qonunchiligini buzish holatlarini iqtisodiyot tarmoqlari 
bo‘yicha statistik holati shuni ko‘rsatadiki, savdo sohasida, qishloq 
xo‘jaligi va sanoat tarmog‘ida qonunbuzarliklarning soni yuqori 
salmoqni egallaydi. Ayniqsa, savdoda bu ko‘rsatkich juda yuqoridir. Bu 
holat, avvalo, savdo operatsiyalari ko‘lamining kengligi va xilma-xilligi 
bilan izohlanadi. Bundan tashqari, soliq to‘lovlaridan qochish maqsadida 
tashkil etiladigan «bir kunlik firma»lar aynan savdo sohasida ko‘plab 
uchraydi.
Soliqqa oid qonunbuzilishlarning miqyosini aniqlash uchun ularning 
YaIMdagi salmog‘ini o‘rganish usullaridan foydalanish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi, chunki soliqqa oid qonunbuzilishlarning asosiy 
qismi soliqqa tortiladigan obyekt summasini kamaytirib ko‘rsatish va 
sotish hajmining ma’lum qismini birlamchi buxgalteriya hujjatlarida aks 
ettirmaslik yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Bu esa, soliq to‘lovlari bilan 
YaIMning o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni yuzaga kelishiga zamin 
yaratadi. 
Soliqqa oid qonunbuzilishlarning oldini olish va ularga barham 
berish amaldagi tadbirlarni va usullarni doimiy ravishda takomillashtirib 
borishni taqozo qiladi. Soliqqa oid jinoyatlarning o‘sishi davlatning 
moliyaviy resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi va buning oqibatida davlat soliqsiz tushumlarni qidirishga 
majbur bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatning ichki va tashqi 
qarzlarining o‘sishiga olib keladi. 
Soliqqa oid qonunbuzilishlarni aniqlash, ogohlantirish va ularga 
barham berish maqsadida amalga oshiriladigan soliq nazoratining 
uzluksizlik tamoyilini qo‘llashni kuchaytirish lozim. Mazkur tamoyil 
soliq qonunchiligini bajarishga oid ma’lumotlarni to‘plash va tahlil 
qilish, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bilan bog‘liq salbiy 
jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini prognozlash hamda soliq 
to‘lashdan bo‘yin tovlash usullaridan foydalanish zaruratini yuzaga 
keltiruvchi holatlarni aniqlashga nisbatan qo‘llanilishi kerak.
Halqaro amaliyotda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini 
aniqlashda 2 xil uslubiyotdan keng foydalaniladi: 
 Ma’lumotlar bazasini bir-biri bilan taqqoslash uslubiyoti; 
 Statistik uslubiyot. 


324
Mazkur uslubiyotlardan foydalanish soliq to‘lashdan bo‘yin 
tovlashning turli usullaridan foydalanish hollarini aniqlash imkonini 
beradi. Lekin, ular soliq qonunchiligini buzgan soliq to‘lovchilar 
tomonidan jinoyat holati sodir etilgandan keyin yuzaga kelgan 
holatnigina aniqlash imkonini beradi. Bu esa soliq tekshiruvi natijasida 
mazkur holat aniqlangunga qadar qonunbuzarlikni sodir etishga yo‘l 
qo‘ygan shaxslar qonunbuzarliklarini to‘g‘irlab qo‘yishlariga imkon 
berishi mumkin. Buning natijasida mazkur noqonuniy harakatlar 
natijasida davlatga etkazilgan zararning real miqdorini aniqlash 
imkoniyati bo‘lmay qoladi. 
Soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlash usullarining xilma xilligi va 
ularning yangi shakllarining yuzaga kelayotganligi soliqqa oid 
qonunbuzilishlarni tahlil qilish tizimini kuchaytirishni taqozo qiladi. 
Tahlil tizimini kuchaytirish soliq to‘lovchilarning faoliyatida va hatti-
harakatlarida yuzaga kelayotgan tendensiyalarni aniqlash imkonini 
beradi. Bu esa, o‘z navbatida soliq qonunchiligini kelgusida buzishga 
yo‘l qo‘yuvchi soliq to‘lovchilarni oldindan aniqlash imkoniyatini 
beradi. 
Ma’lumki har qanday tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan. 
Shu sababli soliq yuki oshirilganda, bitim hajmini baho hisobidan 
elastikligini ta’minlay olmaydigan soliq to‘lovchilar, soliq to‘lashdan 
bo‘yin tovlashga harakat qiladilar, chunki ular qo‘shimcha xarajatlarni 
qoplash imkoniyatiga ega emas. 
Ta’kidlash lozimki, monopol korxonalar tovarlar bahosini oshirish 
yo‘li bilan bitimlar hajmining elastikligini oshirish imkoniyatiga ega, 
lekin ular ham soliq yuki oshganda uni kamaytirishning noqonuniy 
yo‘llaridan foydalanishga harakat qiladi, ammo monopol korxonalar 
boshqa soliq to‘lovchilardan farqli o‘laroq, davlat organlari tomonidan 
soliq nazoratiga ko‘proq tortiladilar. Shuning uchun monopol korxonalar 
tovarlari bahosini oshirish yo‘li bilan soliq yukini xaridorga yuklatish 
uchun sezilarli imkoniyatlarga ega. Shuning uchun ular noqonuniy 
yo‘llar bilan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashdan manfaatdor emaslar. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling