Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
12 qolardi, uni birinchi marta ko‘rgan odamlar esa badbashara aftiga ham hang-mang bo‘lib tikilishardi: unipg burni bir vaqtlar olmon gurzisidan pachoq bo‘lgan edi. Markning koshinlarga «do‘q-do‘q» urilgan zilday etigi ovozi tindi, mahbus uning orqasidan tovushsiz ergashdi, ustunlar maydonchasi tamoman sukutga cho‘kdi, shu sababli ravon oldidagi bog‘ sahnida kaptarlarning g‘uv-g‘uvlagani, favvoradagi suvning antiqa ohangda yeqimtoy jildirashi eshitila boshladi. Prokurator o‘rnidan turib, jildirab oqayotgan favvora suviga chakkasipi tutgaicha qimirlamay turishni istardi. Lekin bu ham, baribir, dardiga davo bo‘lolmasligini bilardi. Kalamushkush mahbusni boqqa olib chiqib, birinj 4 haykal poyida turgan legioner qo‘lidagi qamchini tortib oldi va uni kuchsizgina siltab, mahbusning yelkasiga tushirdi. Ko‘mondon yeigil va beparvo harakat qildi, lekin mahbus shu zahoti xuddi oyog‘iga bolta urilgandek qulab tushdi, nafasi qaytib, rangi bo‘zdek oqardi, ko‘zlari ma’nosiz bokdi. Mark chap qo‘li bilan mahbusni xuddi bo‘sh qop ko‘targanday osongina ko‘tarib, oyoqqa turg‘azdi va arameylar tilida so‘zlarni buzib ming‘illadi: — Rim prokuratoriga faqat igemon* deb murojaat qilish kerak, vassalom. Unipg qarshisida g‘oz turish kerak. Gapimga tushundingmi yo yana qamchilaymi? Mahbus gandiraklab ketdi, lekin o‘zini tutib oddi, axiyri rangiga qon yugurib, nafasini rostladi-da, hirqiroq ovoz bilan javob qildi: — Gapingga tushundim. Urma meni. Bir daqiqadan keyin u yana prokurator ro‘parasida turardi. Hukmronning so‘nik va xasta ovozi eshitildi: — Isming? Mahbus bama’ni javob berishga, ortiq hukmdorning g‘azabini keltirmaslikka shay ekanligini butun vujudi bilan ifodalab, shosha-pisha dedi: — Menikimi? Prokurator past ovoz bilan dedi: — Meniki o‘zimga ma’lum. O‘zingni haddan ziyod ovsarlikka solma. Sening isming nima? . — Ieshua, — shosha-pisha javob qildi mahbus. — Laqabing bormi? — Ha.Notsri. — Qaerliksan? — Gamala shahridan, — javob qildi mahbus va qaerdadir, uzoq shimolda, o‘ng tomonda Gamala degan shahar borligini boshi bilan ishora qilib ko‘rsatdi. — Qaysi nasabdansan? — Aniq bilmayman, — tez javob qildi mahbus, — ota-onamni bilmayman. Aytishlaricha, otam suriyalik ekan... — Muqim qaerda yashaysan? — Muqim yashaydigan makonim yo‘q, — iymanibgina javob qildi mahbus, — shaharma-shahar kezib yuraman. — Buni bir so‘z bilan qisqa qilib ifodalash mumkin — sayoqsan, — dedi prokurator, so‘ng so‘radi: — Xeshlaring bormi? — Hech kimim yo‘q. Dunyoda yolg‘izman. — Savoding bormi? -Ha. — Arameylar tilidan o‘zga biron tilni bilasanmi? — Bilaman. Yunon tilini. Pilatning shishgan bir qovog‘i ko‘tarilib, iztirobdan xiralashgan ko‘zi mahbusga tikildi. Ikkinchi ko‘zi yumuqligicha qoldi. 4 Birinj — bronza. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling