Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
148 xandasiga qorishib ketdi. — Natashka! — deb chinqirdi Margarita, — yog‘upa surdingmi sen ham? — Aylanib ketay sizdan! — deb javob qildi Natasha o‘z hayqirig‘i bilan mudroqdagi qarag‘ayzorni uyg‘otib, — o mening frantsuz qirolicham, men manavining ham kal boshiga surgan edim yog‘upadan! — Malikam! — deb bo‘kirdi to‘ng‘iz yig‘loqi ovoz bilan ustiga mingan suvori ayolni shataloq otib uchirib borarkan. — Tasadduq! Margarita Nikolaevna! — deb chinqirardi Natasha o‘z bekasi bilan yonma-yon uchib borarkan, — rost, yog‘upangizni oldim. Axir bizam odammiz — yashashni, uchishni xohlaymiz! Meni kechiring, malikam, endi men qaytmayman, o‘lsam ham qaytmayman! Voy, qanday yaxshi-ya, Margarita Nikolaevna! Menga uylanmoqchi, — dedi Natasha xijil bo‘lib xishillab borayotgan to‘ng‘izning gardaniga barmog‘i bilan niqtab, — uylanmoqchi! Meni nima deb chaqirding, a? — deb chinqirdi u to‘ng‘izning qulog‘iga ? engashib. — Ma’buda, — deb xurilladi to‘ng‘iz, — men bunday tez ucha olmayman! Muhim qog‘ozlar sochilib ketishi mumkin. Natalya Prokofevna, men norozilik bildiraman. — E, jin ursin seni, qog‘oz-pog‘ozlaring bilan birga! — deb chiyilladi Natasha gustohona xaxolab. — Sekinroq, Natalya Prokofevna! Axir birov eshitib qolishi mumkin-ku! — deb baqirdi to‘ng‘iz yolvorib. Natasha Margarita bilan yonma-yon uchib borarkan, bekasi uchib ketganidan keyin uning uyida nimalar bo‘lganini kula-kula gapirib berdi. Natasha, sovg‘a qilingan buyumlarning birontasiga ham boshqa qo‘l urmay, darhol kiyimlarini yechib taxlabdiyu, yog‘upaga otilipti, so‘ng uni apil-tapil badaniga sura boshlapti. Qarasa, bekasida yuz bergan o‘zgarish unda ham sodir bo‘lipti. Natasha suyunganidan xandon tashlab kulib, o‘zining ko‘zguda aks etgan mo‘‘jizakor go‘zalligidan sarmast bo‘lib turganida, eshik ochilib, ostonada Nikolay Ivanovich paydo bo‘lipti. U Margarita Nikolaevnaning ko‘ylagini va o‘zining shlyapasi bilan portfelini qo‘lida ushlagancha qattiq hayajonlanib turganmish. Uning ko‘zi Natashaga tushiptiyu esi og‘ib qolipti. So‘ng bir oz hushini yig‘ib olib, cho‘g‘dek qizargancha, g‘o‘ldirapti: — Shu ko‘ylakni yerdan ko‘tarib, shaxsan olib chiqishni o‘z burchim deb bildim. — Boya nima deb aytding, yaramas, a? — deb chiyillar va xandon tashlab kulardi Natasha. — Nimalar deding, nima deb yo‘ldan urding meni! Jaraq-jaraq pul va’da qilding. Klavdiya Petrovna bilmaydi, deb aytding. Nima, yo gapim yolg‘onmi? — deb chinqirardi Natasha to‘ng‘izga, u esa xijil bo‘lib, tumshug‘ini chetga burardi. Natashaning sho‘xligi tutib ketib, bexosdan Nikolay Ivanovichga ham yog‘upa suripti, suriptiyu ajablangandan dong qotib qolipti. Pastki qavatda ishovchi bu muhtaram zotning yuzi burishib, cho‘chqa tumshug‘iga aylanipti, qo‘l va oyoqlaridan tuyoqlar o‘sib chiqipti. Shunda Nikolay Ivanovich ko‘zguta qarapti-yu jon achchig‘ida alam bilan chinqirib yuboripti, ammo fursat o‘tgan edi. Yana bir necha soniyadan keyin u boshiga tushgan musibatdan yum-yum yig‘lagancha, ustiga Natashani mindiribdi-yu, Moskvadan allaqaysi tomonga shamoldek uchib ketipti. — Meni avvalgi asl qiyofamga qaytarishingizni talab qilaman! — dedi u hirqiroq ovoz bilan yo g‘azablanib, yo yolborib, so‘ng xurxurlay boshladi, — men g‘ayriqonuniy yig‘inda ishtirok etishni istamayman! Margarita Nikolaevna, siz uy xodimangizni tartibga chaqirishingiz kerak. — E, ha, darrov senga men uy xodimasi bo‘lib qoldimmi? Uy xodimasi degin? — deb chiyillardi Natasha to‘ng‘izning qulog‘idan chimchilab-chimchilab olarkan, — boya ma’buda deb atovdingmi? Otimni nima devding? — Venera! — dedi yig‘lamsirab to‘ng‘iz, u toshlar orasidan jildirab oqayotgan jilg‘a uzra ucharkan, tuyoqlari bilan yong‘oq butasini shitirlatib o‘tdi. — Venera! Venera! — deb mag‘rurona chinqirdi Natasha bir qo‘lini beliga qo‘yib, ikkinchi qo‘lini oy tomon cho‘zgancha, — Margarita! Qirolicham! Iltimos qilib ko‘ring, meni shu alvastiligimcha qoldirishsin. Aytganingiz — amri vojib, siz axir hokimasiz! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling