Microsoft Word Yerdan foydalanishni boshqarish
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Yerdan foydalanishni boshqarish compressed
Muzaffar Matchanov Mavzu: Yerdan foydalanishni tashkil qilishda GATni qo’llash Ushbu amaliy ishda MO yerdan foydalanishga qulay joylarni aniqlash uchun QGIS dasturida mavjud conversion tools of polygon to raster, polyline density, point density, Euclidean distance and weighted overlay kabi GIS funksiyalaridan foydalaniladi. I. QGISda yangi loyiha oching. 1. Buning uchun Windows tugmasini bosing va QGIS Desktop deb yozing va dasturni tanlab enter tugmasini bosing. Loyihani save tugmasini bosish orqali o’zingiz uchun qulay joyga saqlang va unga “rasterize” deb nom bering. II. Atribut qiymatlardan foydalanib poliyon shaklidagi fayllarni raster o’lchamga o’tkazamiz. 2. Shape fayllar saqlangan papkadan Landscape.shp ni dasturga yuklab oling. 3. Raster → Conversion → Rasterize (Vector to Raster). Yangi muloqat oynasiga quyidagicha paramertlarni kiriting. 4. Rasterlashtirish ishini “Land_Type”, “Relief” va “Rainfall” qatlamlar uchun ham amalga oshiring. III. Nuqtali shp fayllarni Grid interpolation methodidan foydalanib raster o’lchamga o’tkazing. QGIS 3.10 dan foydalaning agar zarur bo’lsa. 5. Click Raster → Analysis→ Grid (Interpola on) yo’anilishini tanlang. Rasterga aylantirilgan faylni export qiling, o’lchamini 500 qiling va Popdensity deb nomlang. 6. Davomiy raster qiymatni alohida raster qiymatga aylantirish uchun Raster calculator buyruqidan foydalaning va quyidagi ifodani kiriting va 8 ta sinfga ajrating: (( "Popdensity@1" <= 10 ) * 1 + ( ( "Popdensity@1" >= 11 ) AND ( "Popdensity@1" <= 20 ) ) * 2 + ( ("Popdensity@1">= 21 ) AND ("Popdensity@1"<= 30 ) ) * 3 + ( ("Popdensity@1">= 31 ) AND ("Popdensity@1" <= 40 ) ) * 4 + ( ("Popdensity@1" >= 41 ) AND ("Popdensity@1"<= 50 ) ) * 5 + ( ("Popdensity@1">= 51 ) AND ("Popdensity@1" <= 60 ) ) * 6 + ( ("Popdensity@1">= 61 ) AND ("Popdensity@1" <= 90 ) ) * 7 + ("Popdensity@1" >= 91 ) * 8) IV. Plyline ko’rirnishidagi fayllarni raster o’lchamga o’tkazish va qayta sinflashtirish. 7. Vector→Geometry Tools→Extract nodes buyruqini tanlang va Rivers (daryolar) chiziqli faylini node(chiziqlarning birlashgan joylari)lardan foydalanib nuqtali ko’rinishga, daryolar zichligini aniqlash maqsadida, o’zgartiring. QGIS dasturida liniyalar orqali zichlikni aniqlash komandasi yoq va shu sababli biz ularni nuqtalarga aylantiramiz va Heatmap yoki kernel zichligidan foyalanamiz. 8. Rivers shp faylini dasturga yuklang va yangi muloqat oynasidan uni tanlang. 9. Natijani vaqtinchalik (Create temporary layer) faylda saqlang. 10. Plugins-Manage and Install Plugins… qatorini asosiy menyudan tanlang va Heatmap funksiyasini aktiv qiling. 11. Heatmap so’zini yozing, Heatmap ni tanglang va upgrade all botton tugmasini bosing/agar ustanovka qilinmagan bo’lsa uni ustanovka qiling. 12. Asosiy menyudan Raster - Heatmapni tanlang. 13. Heatmap (Kernel density estimation) komandasini tanlang va yangi muloqat oynasini oching. a) Unga Rivers faylidan hosil qilingan Vertices (yoki nodes) vaqtinchalik faylini kiritng. b) Output raster section degan joyiga oldingi raster fayllar joylashgan yo’nalishni tanlang va faylga RiverDens deb nom bering. c) Natijani GeoTIFF o’lchamda saqlang. d) Radiusni 100 000 qiling va biz daryodan 50 km radiusdagi hududlarni juda yaroqli yerlar sifatida faraz qilamiz. 14. Ok tugmasini bosing va barcha ko’rsatkichlar biz aytganimizdek va quyidagi rasmdagi kabi bo’lsin! 15. Raster calculator ni oching va quyidagi ifodadan foydalanib 8 ta qayta sinflashtirilgan sur’atni hosil qiling. Unga RiverDens_reclas deb nom bering. V. Qayta na’munalar olish va barcha qatlamlarni bir xildagi piksel o’lchamda tahlil qilish uchun Reference raster map hosil qilish kerak. 16. State shp faylini dasturga yuklang va biz undan reference map tayyorlashda foydalanamiz. a. Raster →Conversion→Rasterize(vector to raster) buyruqini oching, State faylini yuklang. b. Attribute field → default shaklida, yani qanday bo’lsa shundayligicha qoldiring. c. Output file … → oldingi fayllar saqlangan joyga saqlang va reference map deb nom bering. d. Raster resolution → degan joyni tanlang va 500 x 500 o’lchamni kiritib keyin OK tugmasini bosing. 17. Processing Toolbox dan GRASS GIS va undan Raster (r.*) - r.resample-GRASS ni tanlang, resampling capability degan joyiga nearest neighbors ni tanlang. a. Landscape raster faylini kiriting. b. GRASS GIS 7 region extent…degan joyga State faylining - Use layer/canvas extent ini tanlang. c. GRASS GIS 7 region cellsize…ni 500x500 qiling. d. Resample NN default shaklida qoldiring. Natija QGIS dasturining hotirasida vaqtinchalik saqlanib tursin. e. RUN tugmasini bosing. 18. Processing Toolbox dan SAGA…undan esa Raster tools va keyin Raster masking toping, Run tugmasini bosing. Quyidagi rasmga qarang. 19. 17 va 18 ish jarayonini qolgan barcha raster fayllar uchun qo’llang. Fayllarni tiff o’lchamda saqlang. Landtype, Rainfall, Relief, Popdensity and RiverDens_rc. Quyidagi rasmga qarang: VI. Sug’oriladigan agro-ekotizim va texnologiyaga asoslangan tarzda yerlarning yaroqliligini baholash. 20. “SAGA geo algorithm” idan quyidagi yo’nalishdagi buyruqni tanlang: Processing tools → “Grid Analysis and select →Ordered weighted averaging. Shu joyda ikki xil usuldan foydalanish mumkin!!!: 1-usul: Ordered weighted averaging. Agar hohlasangiz! Kerakli fayllarni alohida loyihada oching, bu orqali bir qancha rasterga aylantirilgan fayllar ichida adashishdan o’zingizni saqlaysiz. Songra yana “SAGA geo algorithm” idan quyidagi yo’nalishdagi buyruqni tanlang: Processing tools → “Grid Analysis and select →Ordered weighted averaging. Bu yerda Ordered weighted averaging jadvaliga har bir faylga ihtiyoriy % berib chiqamiz va jami 100%dan oshmasin! Ihtiyoriy berilgan foiz ham aniq bir mantiqqa asoslangan bo’lsin. Masalan, biz relef-20, daryolar zichligi 20 va qolgan barcha 4 ta rasterga 15 % dan tanladik. Shu yerda natija chiqadi. 2-usul: Agar natija chiqmasa Raster calculatordan foydalaning: Bu yerda yuqorida aytganimizdek ihtiyoriy berilgan foizlarni koeffisient ko’rinishida tanladik. "Land_type_mask@1" * 0.15 + "Landscape_mask@1" * 0.15 + "Pop_density_reclas_masking@1" * 0.15 + "Rainfall_mask@1" * 0.15 + "Relief_mask@1" * 0.2 + "River_dens_reclass_mask@1"*0.2 Oq rangdagi hududlar yuqoridagi berilgan foizlar bo’yicha qishloq xo’jaligiga juda yaroqli hududlardir. Natijani fan o’qituvchisiga jo’nating! Qoshimcha o’rganish uchun qiyidagi linklardan foydalaning: https://www.youtube.com/watch?v=BeIOms6drdw https://www.youtube.com/watch?v=TDwg8Wi5rYs Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling