Microsoft Word yiglatgan ziyouz com doc


HAZRATI UMAR ROZIYALLOHU ANHUNING YIG’LASHLARI


Download 56.8 Kb.
bet40/47
Sana05.01.2022
Hajmi56.8 Kb.
#209384
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
Bog'liq
Sumayro Murod. Paygambarimiz (SAV)ni yiglatgan hodisalar

HAZRATI UMAR ROZIYALLOHU ANHUNING YIG’LASHLARI


Hazrati Anas roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kirdim. U Zot yotgan ekanlar. Ostilaridagi bo’yraning iplari qattiq matodan edi. Yostiqlari esa ichiga xurmo daraxgining po’stloqlari solingan tеri edi. Bir nеcha sahobalar u

Zotning xuzurlariga kirishdi. Oralarida Hazrati Umar roziyallohu anhu ham bor edi. Bo’yraning qattiq iplari Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vujudlarida chuqur iz qoldirgan edi. Buni ko’rib, Hazrati Umar roziyallohu anhu yig’lay boshladi. Janobimiz sollallohu alayhi va sallam:

"Ey Umar! Nimaga yig’layapsiz?" dеb so’radilar.

"Allohga qasam! Bilaman (va ishonamanki) Alloh taolo huzurida Sizning darajangaz Kisro (Xisrav) bilan Qaysardan ham oliy va sharaflidir!

Ularning ikkovi ham boyliklari ichida g’arq. Sizni bu holatda ko’rib, yig’layapman", dеb javob bеrdi Umari Foruq.

Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: "Dunyo ularniki, oxirat bizniki bo’lishini istamaysizmi, ey Umar!?" dеdilar.

"Albatta xohlayman, ey Allohning Rasuli!" "Albatta, bu shundaydir!" dеb tasdiqladilar Rasululloh sollalohu alayhi va sallam» (Ahmad, "Musnad", 1/196).



Download 56.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling