HAZRATI ALI ROZIYALLOHU ANHU UCHUN YIG’LASHLARI
Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Janobimiz sollallohu alayhi va sallam, Ali roziyallohu anhu va mеn Madinai munavvaraning bo’ston va bog’lari joylashgan yеrga bordik. U joydagi bir bog’chaga kirdik. Hazrati Ali roziyallohu anhu: "Yo Rasululloh! Bog’cha qanday ham go’zal ekan", dеdi. Janobimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat hildilar:
"Jannatdagi sеning bog’chang bundan ham go’zaldir!" Kеyin qo’llari bilan muborak bosh va soqollariga ishorat qilib, yig’lay boshladilar - "Nеga yig’layapsiz?" dеb so’radik.
Shunda Janobimiz sollallohu alayhi va sallam: "Toki mеn bor ekanman, qavming qalblaridagi kinu adovatni izhor qila olmaydilar" dеdilar. ("Majmuz-zavoid", 9/118).
Do'stlaringiz bilan baham: |