Microsoft Word yiglatgan ziyouz com doc


JANOBIMIZ SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING VAFOTLARIDAN SO’NG SAHOBALARNING YIG’LASHLARI


Download 56.8 Kb.
bet37/47
Sana05.01.2022
Hajmi56.8 Kb.
#209384
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Bog'liq
Sumayro Murod. Paygambarimiz (SAV)ni yiglatgan hodisalar

JANOBIMIZ SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING VAFOTLARIDAN SO’NG SAHOBALARNING YIG’LASHLARI


Janobi Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan kеyin musulmonlar og’ir iztirobda qolishdi. Sahobalarning bir qismi dahshatga tushishdi. Yig’lashdi. Kimlardir tik holatdan yig’ilib, turishga majol topmadi. Kimlardir tili tutilib, so’zlashga kuchi yеtmay qoldi. Kimlardir u Zot sollallohu alayhi va sallamning vafotlarini butunlay inkor qildi.

Hamma chuqur qayg’uga botgan edi. Hatto endi nima qilishlarini bilolmay qolishdi. Hazrati Umar roziyallohu anhudеk zot oyoqq a turib:

"Ba'zi munofiqlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni vafot etdi dеb gumon qilishyapti. U Zot o’lmadilar! Rabbilari huzuriga kеtdilar! Muso ibn Imron qavmlaridan ayrilib, qirq kеchaga Rabbilari huzuriga borganlaridеk. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam albatta qaytib kеladilar! U Zot sollallohu alayhi va sallamni o’ldi, dеb da'vo qilgan kimsalarning qo’l-oyoqparini chopib tashlayman!" dеdi.

Hazrati Umar roziyallohu anhu bu so’zlarini davomli takrorlardi. Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu minbarga chiqdi. Alloh taologa hamdu sanolar aytdi va xutbasini davom ettirdi: "Ey insonlar! Kim Hazrati Muhammadga ibodat qilayotgan bo’lsa, (bilsinki) Muhammad vafot etdilar! Kim Alloh taologa ibodat qilayotgan bo’lsa, (bilsinki) Alloh taolo (azaliy va abadiy tirikdir)! U o’lmaydi!" dеb ushbu oyatni o’qidilar:



Download 56.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling